Ibragimova Shaxloxon Oyturaxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabatini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4338.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘rinova Nilufar Muxammadovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Artikova Muhayyo Botiraliena, pedagogika fanlari doktori, professor; Safarova Roxatoy Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o’quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabatini rivojlantirish va ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli motivatsion-maqsadli, o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlovchilar, mazmunli, kuzatish taktikasi, jarayonli va tashxisli-natijaviy komponentlarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabati rivojlanganligini aniqlash mezonlari odob-axloqning oilaviy tarbiya va qadriyatlar tizimini shakllantirish, axloqiy madaniyatning tarbiyalanganlik va ijobiy hissiy yo‘nalganlik asosida daraja (yuqori, o‘rta, past) ko‘rsatkichlari aniqlangan;
sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabatini rivojlantirish mexanizmi va tavsiyalar, ularning ijtimoiy munosabatlarga jalb etilganliklarining real darajasini va moslashuv qobiliyatlarini aniqlash, innovasion imkoniyatlarni tavsiflash, o‘qituvchilar va ota-onalarning ma’naviy-axloqiy savodxonliklarini samarali tashkillash asosida takomillashtirilgan;
sinergetika sohasidagi xalqaro va mahalliy tajribalar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabatini rivojlantirishning ta’sirchan metodlari, usullari, texnologiyalari va pedagogik-psixologik imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabatini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
sinergetika sohasidagi xalqaro va mahalliy tajribalar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabatini rivojlantirishning ta’sirchan metodlari, usullari, texnologiyalari va pedagogik-psixologik imkoniyatlari aniqlashga oid tavsiyalar PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2077/04-son ma’lumotnomasi). Natijada sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabatini rivojlantirish ijtimoiy pedagogik zaruriyat ekanligini nazariy-empirik jihatdan asoslash imkoni yaratilgan;
sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabatini rivojlantirishda motivatsion-maqsadli, subekt-subekt, mazmunli, prosessual-kommunikativ, tashxisli-natijaviy va refleksiv kabi tarkibiy tashkil etuvchilar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish asosidatakomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2077/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabatini rivojlantirish samaradorligi oshgan;
sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabati rivojlanganligini aniqlsh mezonlari odob-axloqning oilaviy tarbiya va qadriyatlar tizimini shakllantirish, axloqiy madaniyatning tarbiyalanganlik va ijobiy hissiy yo‘nalganlik asosida daraja (yuqori, o‘rta, past) ko‘rsatkichlarini aniqlashga oid xulosalar PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2077/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabati rivojlantirishning pedagogik modelini takomillashtirishga erishilgan;
sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabatini rivojlantirish mexanizmi va tavsiyalar, ularning ijtimoiy munosabatlarga jalb etilganliklarining real darajasini va moslashuv qobiliyatlarini aniqlash, innovasion imkoniyatlarni tavsiflash, o‘qituvchilar va ota-onalarning ma’naviy-axloqiy savodxonliklarini samarali tashkillash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2077/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga nisbatan mas’uliyatli munosabatini rivojlantirishga sharoit yaratilgan.