Mamadiyorov Jamol Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2933.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ergashov Jamshid Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy-amaliy foaliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari sinxron va asinxron o‘qitishga mo‘ljallangan multimedia vositalari algoritmi va tarkibiy mazmunini axborotlar bilan tahliliy ishlash, konstruktiv qarorlar qabul qilish kommunikativ topshiriqlarni ishlab chiqish hamda interaktiv faoliyat ta’sirchanligini oshirishning didaktik infratuzilmasi bilan ratsional uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli axborot ta’lim platformasi imkoniyatlaridan effektiv foydalanishni ta’minlashga qaratilgan tizimli-funksional ta’lim muhitining dinamik traektoriyasini kasbiy-yaratuvchanlik, analitik-sintetik tafakkurni rivojlantirish mazmuniga tipik moslashtirishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi o‘quv jarayonlariga oid o‘quv-metodik ta’minotni boyitishga xizmat qiladigan o‘quv topshiriqlari va elektron ta’lim resurslari mazmunini o‘yinli-didaktik topshiriqlar ishlab chiqish hamda elektron taqdimotlar, videodarslar yaratish amaliyotini maqsadli rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarni rivojlantirish mezonlari informatsion-texnologik, refleksiv baholash va portfolio texnologiyalarini diagnostik-motivatsion korreksiyalash hamda darajalari tayanch (past), maxsus (o‘rta), kasbiy (yuqori) yondashuvlarning integrativ xususiyatlarini maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘qitish jarayonida o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari sinxron va asinxron o‘qitishga mo‘ljallangan multimedia vositalari algoritmi va tarkibiy mazmunini axborotlar bilan tahliliy ishlash, konstruktiv qarorlar qabul qilish kommunikativ topshiriqlarni ishlab chiqish hamda interaktiv faoliyat ta’sirchanligini oshirishning didaktik infratuzilmasi bilan ratsional uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-avgustdagi 02-07-3032/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli axborot ta’lim platformasi imkoniyatlaridan effektiv foydalanishni ta’minlashga qaratilgan tizimli-funksional ta’lim muhitining dinamik traektoriyasini kasbiy-yaratuvchanlik, analitik-sintetik tafakkurni rivojlantirish mazmuniga tipik moslashtirishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-avgustdagi 02-07-3032/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishning tizimli-funksional modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi o‘quv jarayonlariga oid o‘quv-metodik ta’minotni boyitishga xizmat qiladigan o‘quv topshiriqlari va elektron ta’lim resurslari mazmunini o‘yinli-didaktik topshiriqlar ishlab chiqish hamda elektron taqdimotlar, videodarslar yaratish amaliyotini maqsadli rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-avgustdagi 02-07-3032/04-son dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarda ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish metodlarini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarni rivojlantirish mezonlari informatsion-texnologik, refleksiv baholash va portfolio texnologiyalarini diagnostik-motivatsion korreksiyalash hamda darajalari tayanch (past), maxsus (o‘rta), kasbiy (yuqori) yondashuvlarning integrativ xususiyatlarini maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-avgustdagi 02-07-3032/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish mezonlari takomillashtirishga erishilgan.