Shirinbek Il`yasning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dental implantatsiyadan oldin alveolyar o‘siqni suyak bloklari yordamida augmentatsiyasini takkomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № V 2022.1.PhD/Tib 2516.
Ilmiy rahbar: Pulatova Barno Juraxonovna,tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Yusupov Ruslan Dokkaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Amanullaev Rustam Azimdjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali Ibni Sino nomidagi Tojik Davlat Tibbiyot Universiteti (Tojikiston).
II. Tadqiqotning maqsadi: tish nuqsonlari va alveolyar usig‘i atrofiyasi bo‘lgan bemorlarda autobloklari yordamida jarrohlik reabilitatsiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alveolyar o‘siqdagi suyak atrofiyasi mavjud bemorlarda qisman tishsizlikni bartaraf qilish va dental implantatsiyasini samarali o‘tkazish maksadida taklif qilingan miks augmentatsiya transverzal yuzada muvofikligi isbotlangan;
jag‘ suyaklarning alveolyar o‘sig‘ida suyak to‘qimalar atrofiyasi mavjud bo‘lgan bemorlarda  autosuyak bloklar, kollagen membrana bilan qoplangan suyak grafti bilan birgalikda qullab, osseointegratsiya jarayonini faollashtiradigan miks-augmentatsiya uslubi ishlab chiqilgan;
jag‘ suyaklarning alveolyar o‘sig‘ida suyak to‘qimalar atrofiyasi va ikklamchi adentiyasi mavjud bemorlarda taklif qilingan miks augmentatsiya amaliyoti natijada 2-oylik tadqikot kuzatuvi asosida kondagi kal`siy va osteokal`sin miqdori oshganligi asoslangan;
jag‘lar alveolyar usig‘i atrofiyaga uchragan bemorlarda darajasi  va turiga karab asoslangan, davolashning operatsiyadan oldingi va keyingi bosqichlarida tashhislash va jarrohlik taktikasini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent Davlat stomatologiya instituti ekspert kengashining 2023 yil 20 iyuldagi 11 son xulosasiga ko‘ra:
qisman va to‘liq tishsizlikning,suyak defisit nuqsonlari mavjud bemorlarda davolash samaradorligini oshirish va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan: Qozog‘iston Respublikasi, Shimkent “Astom” stomatologiya klinikasi faoliyatida va Toshkent Davlat stomatologiya instituti qoshidagi stomatologiya klinikasining kattalar yuz-jag‘ jarrohligi  (Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2023 yil  4 iyuldagi № 36-son bo‘yrug‘i va Shimkent “Astom” stomatologiya klinikasining 2023 yil 06 martdagi № 174 –son bo‘yrug‘i) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jag‘ suyaklarning alveolyar o‘simtasida suyak to‘qimalar defisiti mavjud bo‘lgan bemorlarda miks-augmentatsiya usulini qo‘llash bu toifadagi bemorlarning transverzal yuza nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida olib boriladigan jarrohlik aralashuvini maksimal darajada aniq rejalashtirish imkoniyati, shuning natijasida davolash samaradorligini oshirishi va ko‘zlangan natijani oldindan ko‘rish imkoniyatini berishi hamda implantologik davolash muddatini qisqartirish imkon beradi. Davolanish vaqtini 25% gacha qisqartirish orqali bemorning hayot sifati yaxshilanadi va mexnatga loyiqatsizlik davri qisqaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jag‘ suyaklarning alveolyar o‘simtasida suyak to‘qimalar defisiti mavjud bo‘lgan bemorlarda miks-augmentatsiya usulini qo‘llash  bemorlarni tashxislashni va davolanish davrining kisqarishiga hamda ikkilamchi asoratlar kelib chiqishini, buning oqibati qo‘shimcha jarrohlik aralashuvlarining o‘tkazilishni oldini oladi. Tibbiy tashxisot va samarali jarrohlik yo‘li bilan davolash chora-tadbirlarini amalga oshirish iqtisodiy xarajatlar o‘rtasidagi farq tufayli iqtisodiy samara pul ko‘rinishida har bir bemor uchun o‘rtacha 2.400.000 so‘mgacha mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Jag‘ suyaklarning alveolyar o‘sig‘ida suyak to‘qimalar atrofiyasi mavjud bo‘lgan bemorlarda miks-augmentatsiya usulini qo‘llash  bemorlarni  davolanish davrining kisqarishiga hamda keyingi bosqichda implantantologik davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi va shu bilan tishsizlikni bartaraf etish va xayyot sifatini yaxshilashiga yordam beradi.
jag‘ suyaklarning alveolyar o‘sig‘ida suyak to‘qimalar atrofiyasi va ikklamchi adentiya mavjud bemorlarda davolash samaradorligini oshirish va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Qozog‘iston Respublikasi, Shimkent “Astom” stomatologiya klinikasi faoliyatida va Toshkent Davlat stomatologiya instituti qoshidagi stomatologiya klinikasining kattalar yuz-jag‘ jarrohligi  (Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi 2023 yil 5 iyuldagi № 37-son  bo‘yrug‘i va Shimkent “Astom” stomatologiya klinikasi 06 martdagi № 175-son bo‘yrug‘i) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jag‘lar estetik va funksional jihatdan tiklanishi bemorning ishga loyiqatsizligini kamaytirishi, jamoada ijtimoiy aloqalarning tiklanishi, bemorning ruhiy holatiga ta’siri va bemor og‘iz bo‘shligida  va nutqidagi nuqson sababli shakllangan komplekslarning bartaraf etilishi orqali ijtimoiy hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jag‘ suyaklarning alveolyar o‘sig‘ida suyak to‘qimalar atrofiyasi va ikklamchi adentiya mavjud 1 nafar bemor uchun yangi jarroxlik usulining joriy qilinishi hisobiga qayta o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyoti darajasini 23% dan 3,2% ga kamaytirish hisobiga  4 100 000 so‘m iqtisod qilinadi (tajribaga ko‘ra 23% bemorlarda boshqa jarroxlik taktika operatsiyasi amalga oshirildi), individual tayyorlangan autoblok yordamida alveolyar  nuqsonlarini to‘laqonli bartaraf etilishi hisobiga bemorlar hayot sifatini yaxshilash va bemorlarni statsionarda davolanish muddatlarini qisqartirishi xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: Jag‘ suyaklarning alveolyar o‘sig‘ida suyak to‘qimalar atrofiyasi va ikklamchi adentiya mavjud bemorlarda dental implantatsiyadan oldin autoblok, kollagen membrana va suyak graft bilan birgalikda qo‘llash orqali jag‘lar estetik va funksional jihatdan tiklanishi bemorning ishga loyiqatsizligini kamaytirishi, jamoada ijtimoiy aloqalarning tiklanishi, bemorning ruhiy holatiga ta’siri, bemor og‘iz bo‘shligida  va nutqidagi nuqson sababli shakllangan komplekslarning bartaraf etilishiga erishiladi.
jag‘ suyaklarning al`veolyar o‘sig‘ida suyak to‘qimalar atrofiyasi va ikklamchi adentiya mavjud bemorlarda davolash samaradorligini oshirish va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Qozog‘iston Respublikasi, Chimkent “Astom” stomatologiya klinikasi faoliyatida va Toshkent Davlat stomatologiya instituti qoshidagi stomatologiya klinikasining kattalar yuz-jag‘ jarrohligi  (Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2023 yil  4 iyuldagi № 36-son bo‘yrug‘i va Shimkent “Astom” stomatologiya klinikasining 2023 yil 06 martdagi № 174 –son bo‘yrug‘i) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jag‘lar al`veolyar usig‘i atrofiya nuqsonlari mavjud bemorlarni jarrohlik davolash bosqichlarini kondagi kalsiy, ishkoriy fosfataza va osteokalsin ko‘rsatkichlar asosida tashxislashning zamonaviy usullaridan foydalangan holda rejalashtirish, jag‘ suyakning avvalgi holatini qayta tiklashga, shuning natijasida jag‘ harakatlari va chaynash funksiyasining tiklanishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida bemorlarning ish qobiliyatini oshishiga jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolashning operatsiyadan oldingi va keyingi bosqichlarida distant biokimiyo markerlar asosida tashhislash, shu toifadagi usullaridan foydalanish ushbu patologiyali bemorlarda o‘tkaziladigan jarrohlik aralashuvlarini rejalashtirish va davolash natijalarini baholash uchun qulay sharoit yaratib beradi. Shu tufayli, bemorlarning davolash muassasalariga qatnovi 2 barobar kamayadi, iqtisodiy samara pul ko‘rinishida o‘rtacha 1 500 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Bemorlarni tashxislash va davolash bosqichlarida biokimiyo tashhislashning zamonaviy usullaridan foydalanish ushbu patologiyali bemorlarni tashxislash va davolash natijalarinining samaradorligini baholash imkonini beradi.
jag‘ suyaklarning alveolyar o‘sig‘ida suyak to‘qimalar atrofiyasi va ikklamchi adentiya mavjud bemorlarda davolash samaradorligini oshirish va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Qozog‘iston Respublikasi, Chimkent “Astom” stomatologiya klinikasi faoliyatida va Toshkent Davlat stomatologiya instituti qoshidagi stomatologiya klinikasining kattalar yuz-jag‘ jarrohligi  (Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2023 yil  5 iyuldagi № 37-son bo‘yrug‘i va Shimkent “Astom” stomatologiya klinikasining 2023 yil 06 martdagi № 175 –son bo‘yrug‘i) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jag‘ suyaklarning alveolyar o‘sig‘ida suyak to‘qimalar atrofiyasi va ikklamchi adentiya mavjud bemorlarni tashxislash va davolashda ishlab chiqilgan algoritmning qo‘llanishi, ularga ko‘rsatilayotgan malakali tibbiy yordamdan, xususan amalga oshirilgan jarrohlik aralashuvi natijasining samaradorligidan, keng ma’noda mamlakatimiz sog‘lig‘ni saqlash tizimidan qoniqish hissining paydo bo‘lishiga, bemorning zamonaviy tibbiyotga, tibbiyot xodimlariga bo‘lgan qarashlarini ijobiy tomonga o‘zgartiribgina qolmay, uning jamiyatga to‘laqonli qaytishiga, hayot sifatining yaxshilanishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jag‘ suyaklarning alveolyar o‘sig‘ida suyak to‘qimalar atrofiyasi va tish qatoridagi nuqsonlari mavjud bemorlarni tashxislash va davolash jarayonida tug‘ri tashxis qo‘yish va jarroxlik amaliyoti hamda materialini to‘g‘ri tanlanishi bemorning davolash muassasalariga qatnovlari sonini 2 barobar kamaytiradi va asoratlarni qisqartirish hisobiga kaytadan jarrohlik amaliyotini amalga oshirishni oldini oladi, iqtisodiy samara pul ko‘rinishida o‘rtacha 4 100 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Jag‘ suyaklarning alveolyar o‘sig‘ida suyak to‘qimalar atrofiyasi va tish qatoridagi nuqsonlari mavjud bemorlarda miks augmentatsiya  orqali operatsiyadan oldingi rejalashtirish va o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvining tanlash algoritmini qo‘llash, ushbu patologiyali bemorlarni tashxislash va davolashda qo‘llaniladigan jarrohlik aralashuvi to‘g‘ri tanlash orqali davolash samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. “Dental implantatsiyadan oldin alveolyar o‘siqni suyak bloklari yordamida augmentatsiyasini takkomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 27 fevraldagi 04-r-5-son xulosasi taqdim etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish