Tulovov Erkinjon To‘lqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilish-pudrat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2243.
Ilmiy rahbar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alikulov Abdimumin Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish-pudrat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi  va auditini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish-pudrat tashkilotlarining hisob siyosatiga 2311-“Beton qorishmalarini tayyorlash xarajatlari” ishchi schyotini kiritish asosida beton qorishmalarini tayyorlashda yuzaga keladigan xarajatlar to‘g‘risida batafsil axborot shakllantirish hamda qurilish ishlari tannarxining to‘g‘ri aniqlanishini ta’minlash taklifi asoslangan;
qurilish-pudrat tashkilotlarida hisob siyosatiga 2200-“Subpudratchi tashkilotlar xarajatlari” ishchi schyotini kiritish orqali ishlab chiqarish xarajatlari hisobini optimal tashkil etish asosida subpudratchi tashkilotlar faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatish taklifi asoslangan;
qurilish-pudrat  tashkilotlarida majburiyatlar hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish maqsadida 6991-“Kafolatli ta’mir va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rezerv” ishchi schyotini kiritish taklif etilgan;
qurilish-pudrat tashkilotlarida auditorlik xulosasini shakllantirishni qurilish-pudrat faoliyati uzlyuksizligini baholash orqali auditorlik xulosasi turini tanlash hamda dalillar sifatini ta’minlashda qiymatlarni kombinatsiyalashgan holda baholash orqali takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish-pudrat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish-pudrat tashkilotlarining hisob siyosatiga 2311-“Beton qorishmalarini tayyorlash xarajatlari” ishchi schyotini kiritish asosida beton qorishmalarini tayyorlashda yuzaga keladigan xarajatlar to‘g‘risida batafsil axborot shakllantirish hamda qurilish ishlari tannarxining to‘g‘ri aniqlanishini ta’minlash bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 1-iyundagi 424/305-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilikning amaliyotga joriy etilishi, beton qorishmalarini tayyorlash xarajatlari bo‘yicha batafsil axborot shakllantirilishi hamda qurilish tannarxining to‘g‘ri aniqlanishiga xizmat qilgan;
qurilish-pudrat tashkilotlarida hisob siyosatiga 2200-“Subpudratchi tashkilotlar xarajatlari” ishchi schyotini kiritish orqali ishlab chiqarish xarajatlari hisobini optimal tashkil etish asosida subpudratchi tashkilotlar faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 1-iyundagi 424/305-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, subpudratchi tashkilotlar faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatilishiga erishilgan;
qurilish-pudrat  tashkilotlarida majburiyatlar hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish maqsadida 6991-“Kafolatli ta’mir va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rezerv” ishchi schyotini kiritish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 1-iyundagi 424/305-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, qurilish-pudrat tashkilotlarida kafolatli ta’mir va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rezervlarni buxgalteriya hisobida alohida va to‘g‘ri aks ettirish ta’minlanib, “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” nomli 37-son BHXS talablarining bajarilishiga xizmat qilgan;
qurilish-pudrat tashkilotlarida auditorlik xulosasini shakllantirishni qurilish-pudrat faoliyati uzlyuksizligini baholash orqali auditorlik xulosasi turini tanlash hamda dalillar sifatini ta’minlashda qiymatlarni kombinatsiyalashgan holda baholash orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan auditorlik tashkilotlarining ichki standartlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2023-yil 14-iyundagi 14-06-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, moliyaviy hisobot auditida baholangan qiymatlar bo‘yicha ishonchli axborot shakllantirish hamda auditorlik dalillarining sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish