Bekbosinov Aydos Kuralbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sanoat korxonalarida innovatsion rivojlantirishni boshqarishni takomillashtirish samaradorligi (Qoraqalpog‘iston Republikasi misolida)”, 08.00.13 – Menejment va 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1616.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirishni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonasini innovatsion rivojlantirishni boshqarish mexanizmi innovatsion loyihaning yaxlilligini (kadrlar ta’minotida korxona personali bilan bir qatorda loyihada ishtirok etuvchi ilmiy/ta’lim muassasalari xodimlari, boshqa tashkilotlar taalluqli infratuzilmalari; manfaatdor korxonalar birgaligi) tashkil qilish va innovatsion chora-tadbirlar izchilligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
sanoat ishlab chiqarishining innovatsion faoliyatini rivojlantirishda korxonalar iqtisodiy-ijtimoiy holati va istiqboli tahlilini ishlab chiqarish innovatsion strukturasini takomillashtirish, ishlab chiqarishning intensifikatsiya, diversifikatsiya, lokalizatsiya va ilmiy ta’minotini darajasini oshirishga ustuvor darajada amalga oshirishning samaradorligi asoslangan;
sanoat ishlab chiqarishi korxonalarini innovatsion rivojlantirishni boshqarish samaradorligini baholash metodologiyasi hududda ishlab chiqarish samarasi (foyda)ni maksimallashtirish va jami xarajatlarni optimal darajada kamaytirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
sanoat ishlab chiqarish samaradorligi oshirishni e’tiborga olgan holda sanoat ishlab chiqarishi ko‘rsatkichlarining 2027-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirishni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sanoat korxonasini innovatsion rivojlantirishni boshqarish mexanizmi innovatsion loyihaning yaxlitligini (kadrlar ta’minotida korxona personali bilan bir qatorda loyihada ishtirok etuvchi ilmiy/ta’lim muassasalari xodimlari, boshqa tashkilotlar taaluqli infratuzilmalari, manfaatdor korxonalar birgaligi) tashkil qilish va innovatsion chora-tadbirlar izchilligiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiya, sanoat va savdo vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishini innovatsion rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qaraqalpog‘iston Respublikasi Investisiya, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 23-maydagi AO-22/01-945-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat ishlab chiqarish korxonalarini innovatsion rivojlantirish dasturi va yo‘l xaritalarining asoslanish darajasini oshirishga xizmat qilgan;
sanoat ishlab chiqarishining innovatsion faoliyatini rivojlantirishda korxonalar iqtisodiy-ijtimoiy holati va istiqboli tahlilini ishlab chiqarish innovatsion strukturasini takomillashtirish, ishlab chiqarishning intensifikatsiya, diversifikatsiya, lokalizatsiya va ilmiy ta’minotini darajasini oshirishga ustuvor darajada amalga oshirishning samaradorligi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiya, sanoat va savdo vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishini innovatsion rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiya, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 23-maydagi AO-22/01-945-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish natijasida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni uslubiy-amaliy jihatdan keng joriy qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
sanoat ishlab chiqarishi korxonalarini innovatsion rivojlantirishni boshqarish samaradorligini baholash metodologiyasini hududda ishlab chiqarish samarasi (foyda)ni maksimallashtirish va jami xarajatlarni optimal darajada kamaytirishga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiya, sanoat va savdo vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishini innovatsion rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiya, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 23-maydagi AO-22/01-945-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jami xarajatlarni 7 foizga qisqartirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sanoat ishlab chiqarish samaradorligi oshirishni e’tiborga olgan holda sanoat ishlab chiqarishi ko‘rsatkichlarining 2027-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiya, sanoat va savdo vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishini innovatsion rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi investisiya, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 23-maydagi AO-22/01-945-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish sanoat ishlab chiqarishini innovatsion rivojlantirishning ssenariyli yondashuvlari va hududiy dasturlar asoslanish darajasini oshirishga xizmat qilgan.