Mamadalieva Zarina Raxmat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2996.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kuychieva Mo‘jizaxon Abdumannobovna, pedagogika fanlari nomzodi (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari motivatsion-qiymatli, kognitiv-fikrlash va dasturli-faoliyat komponentlarini integrativ xususiyatlariga ko‘ra aralash ta’limning konstruktiv mazmuniga funksional moslashtirish hamda refleksiv-axborotlardan foydalanish komponentlarini prognostik modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi nazariya va amaliyotning birligini ta’minlashga qaratilgan fanga oid muhim qonuniyatlarni praktik tasniflash, ta’limning ko‘rgazmaligi va tizimliligini ta’sniflash hamda ta’lim oluvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarni faollik, onglilik, integrativlik tamoyillariga mos bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli monitoringli bloklar, elementlar jadvali, sinektika, kompyuterga asoslangan ijodkorlik metodikasini takomillashtirishga qaratilgan intellektual iqtidor va qiziqishlarini intensiv oshirish hamda virtual laboratoriyalar, sxemalar, rasmlar, topshiriqlar, jadvallardan foydalanish imkoniyatlarini integrativ uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish mezonlari dasturiy vositalardan foydalanishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivatsion-kognitiv, texnologik-kreativlik didaktik tuzilma imkoniyatlarini ratsional oshirib borish hamda kimyoga doir eksperimental ko‘nikma va malakalarini ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatiga proporsionalligini isbotlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari motivatsion-qiymatli, kognitiv-fikrlash va dasturli-faoliyat komponentlarini integrativ xususiyatlariga ko‘ra aralash ta’limning konstruktiv mazmuniga funsional moslashtirish hamda refleksiv-axborotlardan foydalanish komponentlarini prognostik modellashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Biokimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan 233-0156 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning o‘qitish metodikasini tahlil etish samaradorligini oshirishga sharoit yaratilgan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi nazariya va amaliyotning birligini ta’minlashga qaratilgan fanga oid muhim qonuniyatlarni praktik tasniflash, ta’limning ko‘rgazmaligi va tizimliligini ta’sniflash hamda ta’lim oluvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini faollik, onglilik, integrativlik tamoyillariga mos bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Biokimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan 233-0156 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning biokimyo fanini o‘qitish metodikasini bosqichma-bosqich, takomillashtirish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli monitoringli bloklar, elementlar jadvali, sinektika, kompyuterga asoslangan ijodkorlik metodikasini takomillashtirishga qaratilgan intellektual iqtidor va qiziqishlarini intensiv oshirish hamda virtual laboratoriyalar, sxemalar, rasmlar, topshiriqlar, jadvallardan foydalanish imkoniyatlarini integrativ uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Biokimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan 233-0156 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning virtual laboratoriyalardan foydalanib o‘qitish modelini ishlab chiqish samaradorligi oshirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarida biokimyo fanini virtual laboratoriyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish mezonlari dasturiy vositalardan foydalanishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan motivatsion-kognitiv, texnologik-kreativlik didaktik tuzilma imkoniyatlarini ratsional oshirib borish hamda kimyoga doir eksperimental ko‘nikma va malakalarini ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatiga proporsionalligini isbotlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Biokimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan 233-0156 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning biokimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirish mezonlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish