Abzalov Sherzod Raxmatdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Totim (Rhus coriaria L.) barglaridagi polifenollar yig‘indisini yallig‘lanishga qarshi ta’sirini o‘rganish», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1208
Ilmiy rahbar: Raxmanov Alisher Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Islamova Jannat Ikramovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Totim (Rhus coriaria L.) barglarining ekstraktini yallig‘lanishga qarshi ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston hududida o‘suvchi Totim (Rhus coriaria L.) dorivor o‘simligidan ajratilgan quruq ekstraktni antiekssudativ, antiproliferativ va og‘riq qoldiruvchi xususiyatlari mavjudligi va samaradorlik darajasi aniqlangan;
Totim (Rhus coriaria L.) dorivor o‘simligi barglarining ekstraktini yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatishda buyrak usti bezining ahamiyatini aniqlash uchun adrenalektomiya tajribasi o‘tkazilgan va uning surunkali yallig‘lanishdagi samaradorlik darajasi asoslangan;
maxalliy Totim (Rhus coriaria L.) dorivor o‘simligi barglarining ekstraktini yallig‘lanishga qarshi ta’siri, uning turli mexanizmlari hamda zaharliligi sintetik nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositasi bilan qiyosiy aniqlangan;
ilk bor Totim (Rhus coriaria L.) dorivor o‘simligi barglarining ekstraktini o‘tkir va surunkali zaharliligi bo‘yicha o‘tkazilgan toksikologik tadqiqotlarda uning zararsizligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 3 iyuldagi 07/019-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekiston hududida o‘suvchi Totim (Rhus coriaria L.) dorivor o‘simligidan ajratilgan quruq ekstraktni antiekssudativ, antiproliferativ va og‘riq qoldiruvchi xususiyatlari mavjudligi va samaradorlik darajasi baholangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari tajribada “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutining 31.05.2023 yildagi 8-sonli buyrug‘i hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutning 30.05.2023 yildagi 15-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yallig‘lanish asosli kasalliklarni mahalliy xom ashyodan ishlab chiqilgan preparat bilan samarali davolash imkoniyatini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu Totim dorivor o‘simligidan olingan ekstrakt kelajakda tabletka ko‘rinishida ishlab chiqarilishi rejalangan va uning qiymati 1 ta qadoq (20 ta tabletka) uchun 1800 so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Xozirda bozordagi eng arzon diklofenak natriyni narxi 4500 ekanligini inobatga olinsa, xar bir bemor uchun 2700 so‘mni, 100 ta bemor uchun esa 270000 so‘m tejalishiga erishiladi. Taqdim qilingan yangi vosita bilan davolashning tavsiya etilgan taktik samaradorligi amaldagi yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlanadi. Xulosa: 2021 yilda respublikaga import bo‘lgan birgina diklofenak natriy dori vositasining hajmi 11.434.000 AQSh dollarini tashkil etishi inobatga olinsa (ma’lumot “drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan) ushbu preparat yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Totim (Rhus coriaria L.) barglaridagi polifenollar yig‘indisining yallig‘lanishga qarshi ta’sirini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 9 noyabrdagi 03-4444-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Totim (Rhus coriaria L.) dorivor o‘simligi barglari ekstraktining yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatishida buyrak usti bezining ahamiyatini aniqlash uchun adrenalektomiya tajribasi o‘tkazilgan va uning surunkali yallig‘lanishdagi samaradorlik darajasi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari tajribada “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutining 31.05.2023 yildagi 8-sonli buyrug‘i hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutning 30.05.2023 yildagi 15-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: hozirgi kunda bemorlarda yallig‘lanish jarayonini bostirish maqsadida, nojo‘ya ta’sirlari etarlicha bo‘lishiga qaramasdan, ko‘plab sintetik nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari qo‘llanilib kelinmoqda. Totim (Rhus coriaria L.) barglaridan olingan ekstrakt o‘zining samarasi bo‘yicha ushbu sintetik dori vositalarni o‘rnini bosuvchi alternativ preparat hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu Totim dorivor o‘simligidan olingan ekstrakt kelajakda tabletka ko‘rinishida ishlab chiqarilishi rejalangan va uning qiymati 1 ta qadoq (20 ta tabletka) uchun 1800 so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Xozirda bozordagi eng arzon diklofenak natriyni narxi 4500 ekanligini inobatga olinsa, xar bir bemor uchun 2700 so‘mni, 100 ta bemor uchun esa 270000 so‘m tejalishiga erishiladi. Agarda surunkali yallig‘lanish kasalliklarida ushbu bemorlar mazkur preparatlarni 3 oy qabul qilishini inobatga olinsa, ushbu tejaladigan pul miqdori 1350000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: 2021 yilda respublikaga import bo‘lgan birgina Diklofenak natriy dori vositasining hajmi 11.434.000 AQSh dollarini tashkil etishi inobatga olinsa, ushbu preparat yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi (ma’lumot “drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Totim (Rhus coriaria L.) barglaridagi polifenollar yig‘indisining yallig‘lanishga qarshi ta’sirini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 9 noyabrdagi 03-4444-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: mahalliy Totim (Rhus coriaria L.) dorivor o‘simligi barglari ekstraktining yallig‘lanishga qarshi ta’siri, uning turli mexanizmlari hamda zaharliligi sintetik nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositasi bilan qiyosiy aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari tajribada “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutining 31.05.2023 yildagi 8-sonli buyrug‘i hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutning 30.05.2023 yildagi 15-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: to‘g‘ridan-to‘g‘ri yallig‘lanish jarayonini bostiruvchi dori vositalar odatda nojo‘ya ta’sirlarining mavjudligi bilan ajralib turadi. Natijada, qo‘shimcha dori vositalarni qabul qilishni talab etishi mumkin. Totim (Rhus coriaria L.) barglaridan olingan ekstraktni qabul qiluvchi bemor esa, dori vositasining nojo‘ya ta’sirini kamaytiruvchi qo‘shimcha dori vositalarga ehtiyoji bo‘lmasligi taxmin qilinadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Xozirda bozordagi eng arzon proton-pompa ingibitorining narxi 6500, N1–gistamin reseptor ingibitori-6000 so‘m va gastroprotektiv vositasi-128000 so‘m ekanligini inobatga olinsa, xar bir bemor uchun 140500 so‘mni, 100 ta bemor uchun esa 14050000 so‘m tejalishiga erishiladi. Xulosa: 2022 yilda respublikaga import bo‘lgan oshqozon kasalliklarida qo‘llaniladigan dori vositalarining hajmi 22.449.205 AQSh dollarini tashkil etishi inobatga olinsa ushbu preparat yuqori iqtisodiy tejamkor ekanligi ma’lum bo‘ladi (ma’lumot “drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Totim (Rhus coriaria L.) barglaridagi polifenollar yig‘indisining yallig‘lanishga qarshi ta’sirini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 9 noyabrdagi 03-4444-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor Totim (Rhus coriaria L.) dorivor o‘simligi barglarining ekstraktini o‘tkir va surunkali zaharliligi bo‘yicha o‘tkazilgan toksikologik tadqiqotlarda uning zararsizligi baholangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari tajribada “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutining 31.05.2023 yildagi 8-sonli buyrug‘i hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutning 30.05.2023 yildagi 15-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ayrim surunkali kasalliklarda yallig‘lanishga qarshi dori vositalarni uzoq muddat qo‘llash talab etiladi. Nojo‘ya ta’siri mavjud bo‘lgan va yuqori zaharlilikka ega bo‘lgan sintetik nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalarni qo‘llash ushbu jarayonni samarali bajarish uchun ayrim hollarda monelik ko‘rsatadi. Totim ekstraktini esa surunkali zaharliligini aniqlash uchun 3 oy mobaynida kalamushlarga ichirilganda ushbu hayvonlarning pereferik qon hamda ichki a’zolarning tahlillarida patologik o‘zgarishlar aniqlanmadi. Ushbu ko‘rsatkich surunkali kasalliklarda ushbu ekstraktni qo‘llash uchun ayni muddao hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taqdim qilingan yangi vosita bilan davolashning tavsiya etilgan taktikasi samaradorligini ma’lum yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlanadi. Xulosa: 2021 yilda respublikaga import bo‘lgan birgina Diklofenak natriy dori vositasining hajmi 11.434.000 AQSh dollarini tashkil etishi inobatga olinsa ushbu preparat yuqori iqtisodiy samaraga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi (ma’lumot “drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Totim (Rhus coriaria L.) barglaridagi polifenollar yig‘indisining yallig‘lanishga qarshi ta’sirini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 9 noyabrdagi
03-4444-sonli xati yuborilgan.