Chorieva Zuhra Tolib qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ona tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish”, 13.00.01 Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2704.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna pedagogika fanlari doktori, professor; Valixonova Nigora Abdukaxxarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish samaradorligi o‘z fikri va his–tuyg‘ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olishini ta’minlash hamda shaxslararo muloqotda kognitiv va affektiv faoliyatga oid natijaviy parametrlarini tahliliy belgilash asosida takomillashtirilgan;
ona tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish imkoniyatlari intellektuallik va o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy xususiyatlarning yaxlit va bir-biriga bog‘liq ifodasini aniqlash hamda tashkiliy-pedagogik sharoitlar majmuasini yaratishga qaratilgan ijodiy-faoliyatli pedagogik infratuzilmasi effektivligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish texnologiyalari kasbiy-shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Answer pillars” innovatsion ta’lim texnologiyasini intensiv qo‘llashga effektiv ta’sir ko‘rsatuvchi produktiv faoliyatli ta’lim traektoriyasini prognostik aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish texnologiyalari diskretlilik va axborotlilik tamoyillariga mos ta’limni raqamlashtirish qonuniyatlariga funsional imkon beruvchi integral baholash diagnostik mezon va parametrlarini aniqlash hamda tilning leksik birliklarini kontekstual tahlil qilishga ko‘ra o‘quvchilarda pragmatik intuisiyasini shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirishga oid olingan natijalari asosida:
ona tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish samaradorligi o‘z fikri va his tuyg‘ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olishini ta’minlash hamda shaxslararo muloqotda kognitiv va affektiv faoliyatga oid natijaviy parametrlarini tahliliy belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-046 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ona tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
ona tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish imkoniyatlari intellektuallik va o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy xususiyatlarning yaxlit va bir-biriga bog‘liq ifodasini aniqlash hamda tashkiliy-pedagogik sharoitlar majmuasini yaratishga qaratilgan ijodiy-faoliyatli pedagogik infratuzilmasi effektivligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-046 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish texnologiyalari kasbiy-shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Answer pillars” innovatsion ta’lim texnologiyasini intensiv qo‘llashga effektiv ta’sir ko‘rsatuvchi produktiv faoliyatli ta’lim traektoriyasini prognostik aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-046 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash samaradorligini oshirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish texnologiyalari diskretlilik va axborotlilik tamoyillariga mos ta’limni raqamlashtirish qonuniyatlariga funsional imkon beruvchi integral baholash diagnostik mezon va parametrlarini aniqlash hamda tilning leksik birliklarini kontekstual tahlil qilishga ko‘ra o‘quvchilarda pragmatik intuisiyasini shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i asosida berilgan 375-046 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish natijalarini obektiv baholashga xizmat qilgan.