Nuriddinova O‘lmasoy Vapoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “8-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, B2022.1.PhD/Ped3151
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Azizova Qizlarxon Mashrabovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 8-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirishning metodikasini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
8-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish samaradorligi matn turlarining grammatik-pragmatik aspektlarini shakllantirishning motivatsion-aksiologik va kognitiv-faoliyatli yondashuvlari o‘zaro integrativ yaxlitligini ta’minlash hamda ifodali o‘qish va mutoala qilish didaktik-prakseologik mazmunini subekt ijodiy faoliyati bilan bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
8-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish jarayoni rasmiy, ilmiy, badiiy, tasviriy, muhokama, hikoya matni va ilyustratsion-ko‘rgazmali vositalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini vizual o‘qitishning kommunikativ funksiyalarini qo‘llash traektoriyasiga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish modeli verbal muloqot jarayonini mustaqil faollashtirish, matn strukturasi va mazmunini tahliliy aniqlash hamda o‘zlashtirilgan bilim darajalari dinamikligini ta’lim maqsadlariga proporsional moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish metodikasi matnning kognitiv-pragmatik va konseptual mazmunini ifodalash, mantiqiy fikrlash samaradorligini oshirish hamda subektiv xulosa chiqarish ko‘nikmalarini o‘zaro maqsadli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 8-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
8-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish samaradorligi matn turlarining grammatik-pragmatik aspektlarini shakllantirishning motivatsion-aksiologik va kognitiv-faoliyatli yondashuvlari o‘zaro integrativ yaxlitligini ta’minlash hamda ifodali o‘qish va mutoala qilish didaktik-prakseologik mazmunini subekt ijodiy faoliyati bilan bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-avgustdagi 02-07-2947/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali o‘zaro bog‘liqlikda rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
8-sinf o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish jarayoni rasmiy, ilmiy, badiiy, tasviriy, muhokama, hikoya matni va ilyustratsion-ko‘rgazmali vositalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini vizual o‘qitishning kommunikativ funksiyalarini qo‘llash traektoriyasiga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-avgustdagi 02-07-2947/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada 8-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirishga oid metodik ta’minotini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish modeli verbal muloqot jarayonini mustaqil faollashtirish, matn strukturasi va mazmunini tahliliy aniqlash hamda o‘zlashtirilgan bilim darajalari dinamikligini ta’lim maqsadlariga proporsional moslashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-avgustdagi 02-07-2947/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada 8-sinf o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish metodikasi matnning kognitiv-pragmatik va konseptual mazmunini ifodalash, mantiqiy fikrlash samaradorligini oshirish hamda subektiv xulosa chiqarish ko‘nikmalarini o‘zaro maqsadli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-avgustdagi 02-07-2947/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish mezonlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan.