Xudoev G‘ani Muhammadovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro mumtoz musiqa an’analari», 17.00.08–San’at nazariyasi va tarixi   (san’atshunoslik fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/San5.

Ilmiy rahbar: Ibrohimov Oqilxon Akbarovich, san’atshunoslik fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: San’atshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSs. 27.06.2017. San.51.01.

Rasmiy opponentlar: Hamidov Hojiakbar, tarix fanlari doktori, professor; Tursunova Gulshanoy Artikjanovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoroning ko‘p asrlik musiqiy-ijodiy  an’analarini tavsif qilish hamda ularning hozirgi davr o‘zbek musiqa madaniyatida tutgan o‘rni va ahamiyatini aniqlashdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Buxoro mumtoz musiqa an’analarining tarixiy shakllanish jarayonida qadimgi tasavvur va marosimlarning tutgan o‘rni hamda xalqchil manbalari aniqlangan;

“Shashmaqom” san’atining saroyda udum bo‘lgan va xalq orasida yoyilgan ijodiy an’analari yoritib berilgan;

ayollarning sozanda san’ati yuzaga kelishida ahamiyatli bo‘lgan omillar hamda “Buxorcha” turkumlarining ijrochilik an’analari ochib berilgan;

“Mavrigi” turkumlarining tuzilish tartibi va ijro shakllarida o‘zbek musiqasiga xos umumiy va alohida ajralib turuvchi xususiyatlar aniqlangan;

o‘zbek san’atshunosligida ilk marotaba zaboniy, javoniy, chilliki va bahri tavil janrlari ilmiy tasnif qilingan;

Buxoro mumtoz musiqa an’analarining zamonaviy o‘zbek madaniyatida tutgan o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan.

IV.Tadiqot natijalarning joriy qilinishi.

Buxoro mumtoz musiqa an’analari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

“Shashmaqom”, “Mavrigi”, “Buxorcha” turkumlari bilan birga “hofiz”, “mavrigixon”, “sozanda” kabi maxsus nomlar, shuningdek, musiqaga oid nazariy xulosalar F1-FA-O-10304 FA-F1-G032 raqamli “Markaziy Osiyo san’atida tarixiy davomiylik: badiiy maktablar, uslublar va texnologiyalar (qadimgi davrlardan bugungi kungacha)” (2012-2016) nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 14 martdagi 3/1255-657-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida Buxoro musiqa an’analarining mazmuni va unda qo‘llanib kelinayotgan janrlar mohiyati ochib berilgan;

tadqiqot davomida ilmiy asoslangan “Shashmaqom”, “Mavrigi” va “Buxorcha” turkumlarining tuzilish tartibi va ijro shakllaridagi o‘ziga xos xususiyatlar umumta’lim maktablarining 7-sinflari uchun 2017 yilda nashr etilgan “Musiqa” darsligi mazmunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 24 martdagi 03-02/2-2-557-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning milliy musiqiy meros, jumladan, “Shashmaqom”, “Buxorcha”, “Mavrigi” ijrochilik an’analariga oid nazariy bilimlari yanada kengaygan;

tadqiqot natijalaridan akademik Yunus Rajabiyning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Maqom mulkining sultoni” nomli hujjatli fil`m ssenariysida foydalanilgan (“O‘zbekkino” milliy agentligi “Hujjatli fil`mlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasining 2018 yil 13 martdagi 01-21/37-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar Yunus Rajabiyning Buxoro shahrida olib borgan ijodiy faoliyati xususida muhim ma’lumotga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish