Xusanov Yunusali Yuldashalievichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Materiallarga mexanik ishlov berishda unumdorlikni oshirish konsepsiyasi va metodologiyasi”, 05.02.05–“Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T.630
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy maslahatchi: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Umarov Tolib Umarovich, texnika fanlari doktori, professor; Mardonov Baxtiyor Teshaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Tursunov Baxtiyor Muxamedjanovich texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mexanik ishlov berishda unumdorlikni va detal sifatini oshirish usullarini va olingan natijalarni ishlab chiqarishda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mexanik ishlov bepish texnologiyasini optimallash orqali ishlab chiqarish unumdorligini oshirish konsepsiyasi ishlov berilayotgan detal materiali xossalarining  ta’sir etayotgan kuchga nisbatan o‘zgarishi asosida ishlab chiqilgan;
mexanik ishlov bepish japayonining unumdorligi va detalga ishlov berish sifatining oshish darajasi surish hapakatini (S) o‘zgaptirishiga nochiziqli bog‘liqligi mahsulot yuzasidagi noteksliklarning hosil bo‘lish uchastkalari asosida aniqlangan;
detallarni frezalash-parmalashda qirindini chiqarib tashlash usuli  o‘zgaruvchan kesish maromi asosida takomillashtirilgan;
ko‘p maqsadli PDB dastgohlarda detallarga mexanik ishlov berish va ularni sifatini ta’minlash usullarini maqbul kesish maromlari bo‘yicha aniqlash zagotovka tarkibidagi nometall qo‘shimchalarning miqdoriga bog‘liqligi bilan asoslangan;
mexanik ishlov berishda ish unumdorligini ta’minlovchi operatsiyalar opqali aniq metodologiyalar va tavsiyalar kesuvchi asboblarning kimyoviy tarkibi bilan kesiluvchi materialning kimyoviy tarkibini me’yorlash asosida  ishlab chiqilgan;
paqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar uchun oldindan belgilangan uzunlikdagi qirindilarni hosil qilish texnologiyasi keskich tezligi va qirindining teplofizik xossalarining o‘zgarishi asosida ishlab chiqilgan;
raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar uchun kecuvchi asbobni ishlashini tartibga solish usuli keskich va xomaki bilan sovutuvchi suyuqlikning orasidagi issiqlik almashinuv jarayonining keskich uzatilish tezligiga bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mexanik ishlov bepish jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tadqiqot asosida NKMK AJ da ish sharoitida materiallarga mexanik ishlov berishda unumdorlikni oshirish konsepsiya va metodologiyarini ishlab chiqish joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2022 yil 19 noyabr №23-01-01-07/769 son ma’lumotnomasi). Natijada ishlov berish xarajatlarni 15% ga kamaytirish imkonini bergan;
ko‘p maqsadli PDB dastgohlarida oddiy o‘tishlarning maksimal konsentratsiyasini resurs tejamkor jarayonlarni qurush metodikasi joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2022 yil 19 noyabr №23-01-01-07/769 son ma’lumotnomasi). Natijada uskunalar narxini 30% kamaytirish imkonini bergan;
avtomatlashtirishning tavsiya etilgan vositalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan metodni amalga oshirishda ko‘p maqsadli PDB dastgohida qirqib ishlov berish orqali sirtlarni chiziqli va diametrik o‘lchamlarining aniqligi kafolatlash joriy qilingan (“Navoiy kon-metallupgiya kombinati” AJning 2022 yil 19 noyabr №23-01-01-07/769 son ma’lumotnomasi). Natijada unumdorlik 1.4 barobar oshirish imkonini bergan;
bitta kesuvchi asbob bilan bip nechta yuza komplekslariga ko‘p maqsadli PDB dastgohlarida tana detallariga ishlov berish bo‘yicha jarayonlapni qurish metodikasi joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2022 yil 19 noyabr №23-01-01-07/769 son ma’lumotnomasi). Bu metodikadan foydalanish ishlab chiqarish xarajatlarini 15...20% ga kamaytirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish