Bobojonov Azizjon Babaxanovichning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bobojonov Azizjon Babaxanovichning «Axborot mahsuloti va xizmatlari marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.11 - Marketing.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Iqt282.
Ilmiy rahbar: Begalov Baxodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murot Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Akrom Abdievich Xoshimov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot mahsuloti va xizmatlari marketing strategiyasini ishlab chiqishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot mahsuloti va xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarning marketing faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari virtual muhitda ijtimoiy tan olinishi va shaxsiy salohiyatni rivojlantiruvchi motivatsion funksiyalarga asoslangan holda takomillashtirilgan;
dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, marketingini amalga oshirish va raqobatbardoshligini oshirishning Agile konsepsiyasiga asoslangan SCRUM metodologiyasini qo‘llash asosida hayotiy yo‘lini uzaytirish taklif etilgan;
axborot mahsuloti va xizmatlari ko‘rsatuvchi Internet-do‘konlardan iste’molchilarning qoniqishini mahsulot xususiyatlari (W=0,208; 24,8%), texnologik xususiyatlari (W=0,137; 16,3%), axborot xususiyatlari (W=0,274; 32,7%), logistika va marketing xususiyatlari (W=0,221; 26,3%) vazn koeffisientlarini aniqlash orqali marketing kanallarida mijozlarga qo‘shilgan qiymat yaratish asoslangan;
mahalliy AMX bozori subektlari brendini shakllantirishning dastlabki davrida mijozlarning brenddan qoniqishiga ratsional omillar (H1=-0,056), salbiy va emotsional omillarning ta’siri (H2=0,054) ijobiy ekanligi asoslanib, muvofiq holda geymifikatsiya marketing strategiyasidan keng foydalanish bo‘yicha PLS-SEM modeli taklif etilgan;
axborot mahsuloti va xizmatlari bozorida mijozlarga qo‘shilgan qiymat yaratish va raqobatda ustunlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan komponentlar asosida marketing xizmatlari ekotizimini yaratish arxitekturasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot mahsuloti va xizmatlari biznesining marketing strategiyasini ishlab chiqiish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
axborot mahsuloti va xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarning marketing faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari virtual muhitda ijtimoiy tan olinishi va shaxsiy salohiyatni rivojlantiruvchi motivatsion funksiyalarga asoslangan holda takomillashtirish bo‘yicha taklif Statistika agentligining Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil
7-apreldagi 01/3-16-10/2-19-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida statistika agentligining mehnat resurslaridan samarali foydalanish va ularni boshqarish samaradorligi 11,7 foizga oshgan;
dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, marketingini amalga oshirish va raqobatbardoshligini oshirishning Agile konsepsiyasiga asoslangan SCRUM metodologiyasini qo‘llash asosida hayotiy yo‘lini uzaytirish taklifi Statistika agentligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Statistika agentligining 2023-yil 7-apreldagi 01/3-16-10/2-19-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida statistik hisobotlarni qabul qilishning eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqishda va loyihalarni boshqarishda, shuningdek, hisobot qabul qiluvchi xodimlarning mehnat unumdorligini 71 foizga oshishiga erishilgan;
axborot mahsuloti va xizmatlari ko‘rsatuvchi internet-do‘konlardan iste’molchilarning qoniqishini mahsulot xususiyatlari (W=0,208; 24,8 %), texnologik xususiyatlari (W=0,137; 16,3 %), axborot xususiyatlari (W=0,274; 32,7%), logistika va marketing xususiyatlari (W= 0,221 (26,3%) bo‘yicha vazn koeffisientlarining yuqori va quyi chegalarini belgilash orqali marketing kanallarida mijozlarga qiymat yaratish bo‘yicha takliflardan Statistika agentligining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Statistika agentligining 2023-yil 7-apreldagi 01/3-16-10/2-19-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish natijasida korxona va tashkilotlarning statistik ma’lumotlarini shakllantirish hamda statistik to‘plamlarni on-line xarid qiluvchi doimiy mijozlari soni
2022-yilda 2021-yilga nisbatan 19,6 foizga oshgan;
mahalliy AMX bozori subektlari brendni shakllantirishining dastlabki davrida mijozlarning brenddan qoniqishiga ta’sir etuvchi ratsional omillar (H1=-0,056), salbiy va emotsional omillarning ta’siri (H2=0,054) ijobiy ekanligi asoslanib, muvofiq holda geymifikatsiya marketing strategiyasidan foydalanishning PLS-SEM modeli Statistika agentligining Yig‘ma-axborot ishlari boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Statistika agentligining 2023-yil 7-apreldagi 01/3-16-10/2-19-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “stat.uz” platformasida geymifikatsiyalash strategiyalari qo‘llanilgan va natijada on-layn statistika axborot mahsulotlarining doimiy mijozlar salmog‘i 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 28 foizga oshgan;
taklif etilgan axborot mahsuloti va xizmatlari bozorida mijozlarga qiymat yaratish va raqobatda ustunlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan komponentlar asosida marketing xizmatlari ekotizimini yaratish arxitekturasi Statistika agentligi faoliyatiga joriy etilgan (Statistika agentligining 2023-yil 7-apreldagi 01/3-16-10/2-19-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida Statistika integrallashgan axborot tizimining(siat.stat.uz) hududlar va yillar bo‘yicha solishtirish hamda munosabat menyularida foydalanish yo‘lga qo‘yildi.