Muxamadjanov Shaxriyor Solijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarning investisiya muhiti jozibadorligini oshirishni takomillashtirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2577
Ilmiy rahbar: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saydaliev Saydimaqsudxo‘ja Saydaxmadovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarning investisiya muhiti jozibadorligini oshirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
investisiya loyihasining infratuzilma xarajatlarini amalga oshirishda respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan beriladigan byudjet ssudasi mablag‘larini ajratish taklif etilgan;
hududlarda investisiya muhitini yaxshilashda faktoring amaliyotini qo‘llashda tijorat banki mablag‘lari to‘lov talabnomasida ko‘rsatilgan miqdorini 80 foizgacha bo‘lishi taklif etilgan;
yoshlar sanoat zonalari hududidagi investisiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlik subektlariga binolarni lizing asosida berish taklif etilgan;
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar ishtirokida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan industrial zona barpo etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarning investisiya muhiti jozibadorligini oshirishni takomillashtirish yo‘nalishlari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
investisiya loyihasining infratuzilma xarajatlarini amalga oshirishda respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan beriladigan byudjet ssudasi mablag‘larini ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi «Xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 306-son qarori bilan tasdiqlangan «Xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investisiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida nizom»da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 22 fevraldagi 03-08-1-01773-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiya loyihalari tashqi infratuzilmasini moliyalashtirishni takomillashtirish orqali hududlarning investisiya muhiti jozibadorligini oshirishga erishilgan;
hududlarda investisiya muhitini yaxshilashda faktoring amaliyotini qo‘llashda tijorat banki mablag‘lari to‘lov talabnomasida ko‘rsatilgan miqdorini 80 foizgacha bo‘lishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 22 fevraldagi 03-08-1-01773-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, mamlakatda investisiya muhitini yana-da yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish hamda doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratishda yangicha mexanizm joriy etish imkonini berdi;
yoshlar sanoat zonalari hududidagi investisiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlik subektlariga binolarni lizing asosida berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
21 apreldagi «Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5088-son qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 22 fevraldagi 03-08-1-01773-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar sanoat zonalari hududida qulay investisiya muhitini rivojlantirish doirasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish binolarini qurishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi takomillashtirish imkonini bergan;
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar ishtirokida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan industrial zona barpo etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 apreldagi «2022-2026 yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yana-da yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
22-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 22 fevraldagi 03-08-1-01773-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,
2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,4 baravarga, sanoat mahsulotlari hajmini 1,5 baravarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,2 baravarga, xizmatlar hajmini 2,7 baravarga hamda qurilish ishlari hajmini 1,8 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlarni shakllantirishga erishilgan.