Nafasov Jasurbek Himmat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ishqalanuvchi va transportlash texnik vositalari uchun polimer kompozitlardan detallar ishlab chiqish va olish», 05.02.01- «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3293
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ziyamuxamedova Umida Alijonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/27.02.2020.T.73.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abduraxmonov Umarbek - fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ermatov Ziyadulla Dosmatovich – texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mexanokimyoviy modifikatsiyalangan mahalliy xomashyolar asosida transport mashinasozligi va transportlash texnik vositalari uchun abraziv eyilishga va deformatsiyaga bardoshli geterokompozit polimer materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
polimer kompozit materiallar komponentlarini vibroplanetar mexanizmda faollashtirish jarayonining samaradorligini oshirishi strukturalanishning yaxshilanganligi, strukturalararo fazalarning mustahkam shakllanishi hamda boshqariluvchan fazalararo barqaror struktura hosil bo‘lishi bilan aniqlangan;
mexanoaktivator qurilmasida bir vaqtda ilgarilanma va aylanma, ya’ni tekis parallel harakatlar natijasida hosil bo‘luvchi Koriolis kuchini maqsadli qo‘llab mexanik faollashtirish mexanizmi yaratilgan;
dispers to‘ldiruvchilarni mexanik faollashtirish natijasida neft chiqindisi pekning tarkibidagi grafitizatsialangan organik mezofazalar hisobiga polifunksional xossani namoish etishi sinchlovchi tolali to‘ldiruvchi bilan fazalararo mustahkam bog‘lanish hosil bo‘lish jarayonida kimyoviy modifikator vazifasini bajarishi aniqlangan;
ishqalanuvchi va transportlash texnik vositalarining ekspluatatsion, deformatsion va tribotexnik xossalarini yangi tarkibli materiallar va ularni kompleks baholash imkoni yaratilganligi bilan asoslangan;
mashinasozlikda qo‘llaniladigan ishqalanib eyilish uzellarining detallari va eltish texnik vositalari uchun, ishchi yuzalarining eyilishiga va turli agressiv muhit ta’siriga chidamli, deformatsion xossasi yuqori polimer kompozit materiallar tarkibi va olish texnologiyasi tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy organomineral komponentlardan ishqalanuvchi va transportlash texnik vositalari uchun mashinasozlik materiallar va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yaratilgan mexanoaktivator qurilmasida bir vaqtda tebranma va aylanma harakatlar natijasida hosil bo‘luvchi Koriolis kuchini maqsadli qo‘llab mexanokimyoviy faollashtirish usulida olingan materiallar «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJga qarashli «Qarshitermoplast» sexida amaliyotga joriy etilgan. («O‘ZBEKNEFTGAZ» AJ «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2023 yil 11 maydagi 11/2-1093-sonli ma’lumotnomasi). Natijada deformatsion xossalari yaxshilangan, gidroabraziv eyilishbardosh xususiyatli quvurlarning har bir metrini ishlab chiqarishda 20 % ga yaqin iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
yaratilgan termoreaktiv polimer asosidagi eyilishga bardoshli kompozit mashinasozlik materiallardan ishlab chiqarilgan vtulkalar «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan. («Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 24 fevraldagi 02/2023-08-son ma’lumotnomasi). Natijada import mahsulotni mahalliy xomashyolar asosida olingan detallarga almashtirish orqali 32% gacha iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.