Xushmatov Shunqor Sadullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biologik faol moddalarning kardiomiotsitlarda kal`siy bilan bog‘liq jarayonlarga ta’sirini tavsiflash», 03.00.02–Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/B7.
Ilmiy maslahatchi: Usmanov Pulat Bekmuratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Ravshan Zairovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik; Mirxodjaev Ulug‘bek Zakirovich, biologiya fanlari doktori, professor; Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: biologik faol moddalarning (fenol birikmalari, likoktonin tipidagi diterpen alkaloidlar) kardiomiotsitlarda Sa2+ ga bog‘liq jarayonlarga ta’sir xususiyatlarini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
flavonoidlarning musbat inotrop ta’sir mexanizmlari va uning ta’minlanishida β–ARASsAMFPKA signal kaskadi va Na+/K+–ATFazaning yetakchi roli aniqlangan;
flavonoidlarning manfiy inotrop ta’sir mexanizmi aniqlanib, uning ta’minlanishida eNOSNOGSsGMFPKG va Ca2+L–kanallarining ishtiroki isbotlangan;
flavonoidlarning inotrop ta’sir darajasi va tavsifining ularning molekulasidagi –ON va –OSN3 guruhlar soni va joylashish holatiga bog‘liqligi hamda flavonoidlarning antiaritmik ta’sir mexanizmi va uning ta’minlanishida inotrop faollikning ehtimolligi mavjud roli asoslangan;
ilk bor likoktonin tipidagi alkaloidlarning inotrop ta’sirining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularning musbat va manfiy inotrop ta’sir mexanizmlari tavsiflangan, ularning ta’minlanishida Na+–kanallari va SR da Ca2+ ionlarining yig‘ib olinishi va chiqishi jarayonlarining roli aniqlangan;
alkaloidlarning inotrop ta’sirining ularning molekulasida S(7) va S(8) uglerod atomlarida gidroksil– va dezoksi– guruhlarning mavjudligiga bog‘liqligi aniqlanib, del`kozin va ayasinning musbat inotrop ta’sirining ularning nisbatan yuqori antiaritmik ta’siri ta’minlanishidagi roli isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fenol birikmalari va likoktonin tipidagi diterpen alkaloidlarning kardiomiotsitlarda Sa2+ ga bog‘liq jarayonlarga ta’sir xususiyatlarini tavsiflash jarayonida olingan natijalar asosida:
genkvanin flavonoidi Xitoy Tabiatshunoslik fanlari Milliy fondi «The International Cooperation and Exchanges» loyihasida flavonoidlarning inotrop ta’sirini tavsiflashda foydalanilgan (Chinese Academy of Sciences, Xinjiang Technical Institute of Physics and Chemistry, 2017 yil 30 noyabrdagi 0991-3835823-son ma’lumotnomasi). Natijada flavonoidlarning farmakologik ta’siri ta’minlanishida ularning inotrop faolligini baholash imkonini bergan;
flavonoidlarning aniqlangan inotrop va antiaritmik ta’sir xususiyatlari Xitoy Fanlar akademiyasining «The Central Asian Centre of Drug Discovery & Development» va CAS TWAS scholarships loyihalari doirasida flavonoidlarning xossalarini kompleks tahlil qilish uchun foydalanilgan (Chinese Academy of Sciences, Xinjiang Technical Institute of Physics and Chemistry, 2017 yil 30 noyabrdagi 0991-3835823-son ma’lumotnomasi). Natijada bir qator flavonoidlarning kardioprotektor xususiyatini aniqlash imkonini bergan;
flavonoidlarning biologik ta’siri haqidagi ma’lumotlar yuqori impakt–faktorga ega xorijiy ilmiy jurnallarda flavonoidlarning kardiovaskulyar ta’sirini aniqlash uchun foydalanilgan (Asian Pacific Journal Tropical Biomedicine, 2013, V.3, Journal Impact Factor, IF 0,925; Visnyk of Dnipropetrovsk University (Biology, Medicine), 2016. V.7, Global Impact Factor, GIF 0,888; World Journal of Pharmacy and Pharmaceutical Sciences, 2017. V.6, Global Impact Factor, GIF 0,629). Natijada flavonoidlarning farmakologik ta’sir xususiyatlari va kardioprotektor ta’siri haqida mavjud tasavvurlarni kengaytirish imkonini bergan;
ayrim flavonoidlarning (apigenin, lyuteolin, kversetin) Sa2+ ga bog‘liq jarayonlarga ta’sir xususiyatlari FA–F5–T084 raqamli «Mitoxondriyalar ion transporti va metabolik jarayonlar bioregulyatorlarining me’yor va patologiyadagi ta’sirini tavsiflash» loyihasida flavonoidlarning mitoxondriyalarda ion–transport tizimlariga ta’sirini tavsiflash uchun foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 1 dekabrdagi FTK-0313/870-son ma’lumotnomasi). Natijada flavonoidlarning kardioprotektor ta’sirida mitoxondriyalarning rolini aniqlash imkonini bergan.