Mirolimov Mirislom Mirshokir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa mehnat bozorining statistik tadqiqotini takomillashtirish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1787
Ilmiy rahbar: Ayubdjonov Abbos Hosilovich, iqtisodiyot fanlari nozodi, dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03.30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Berkinov Bozorboy Berkinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Bahtiyor Halmuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi “Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa mehnat bozorini statistik tahlil qilish, mavjud muammo va kamchiliklar boʼyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shimcha bandlik bo‘yicha ishlash imkoni mavjud bo‘lgan ayollarni axborot texnologiyalaridan foydalanishga o‘rgatish (birinchi bosqich) orqali masofadan bajariladigan ish turlarini aniqlash (ikkinchi bosqich) hamda davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan tegishli bilim va ko‘nikmalarga o‘qitish va kasbga tayyorlash hisobiga bandligini oshirish taklifi asoslangan;
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish davrida mintaqa mehnat bozoriga kirib kelishi kutilayotgan yangi kasblarning “yashil” iqtisodiyotga mosligi darajasini aniqlash hamda moslashuvchanligini statistik baholash taklifi asoslangan;
mintaqa mehnat bozorida ishsizlikni kamaytirish hamda aholi turmush darajasini oshirish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar ish bilan bandlikning yangi shakllari bo‘yicha yaratiluvchi ehtimoliy va nobarqaror daromad omillarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
Toshkent viloyati iqtisodiyotida bandlar soni va ishsizlik darajasi o‘zgarishining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ko‘p omilli regressiya tenglamasi asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqa mehnat bozorining statistik tadqiqotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
qo‘shimcha bandlik bo‘yicha ishlash imkoni mavjud bo‘lgan ayollarni axborot texnologiyalaridan foydalanishga o‘rgatish (birinchi bosqich) orqali masofadan bajariladigan ish turlarini aniqlash (ikkinchi bosqich) hamda davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan tegishli bilim va ko‘nikmalarga o‘qitish va kasbga tayyorlash hisobiga bandligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 4 apreldagi 01/100-04/12-2127-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi Toshkent viloyatidagi uy sharoitida bola parvarishi bilan uziviy bog‘langan holda axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan ayollarga masofaviy ish jarayonlarini tashkil etish, bo‘sh turgan bino-inshootlarni nol balans bilan axborot texnologiyalari markazlariga ijaraga berish va tuman markazlaridan uzoqda joylashgan qishloqlarda xam markaz filiallarni ochish orqali qishloq aholisining bandlik darajasini ko‘tarishga imkon yaratgan;
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish davrida mintaqa mehnat bozoriga kirib kelishi kutilayotgan yangi kasblarning “yashil” iqtisodiyotga mosligi darajasini aniqlash hamda moslashuvchanligini statistik baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 4 apreldagi 01/100-04/12-2127-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi tabiiy resurslardan samarali foydalanishi bo‘yicha har bir mahalla kesimida seminar-treninglar o‘tkazish orqali ekotexnologiyalar sohasidagi bilimlarini oshirish, aholiga quyosh panellari va shamol ventelyatorlari o‘rnatish uchun imtiyozli kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda ularning bu jarayondan foydalanishni qonuniylashtirish imkonini bergan;
mintaqa mehnat bozorida ishsizlikni kamaytirish hamda aholi turmush darajasini oshirish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar ish bilan bandlikning yangi shakllari bo‘yicha yaratiluvchi ehtimoliy va nobarqaror daromad omillarini kiritish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 4 apreldagi 01/100-04/12-2127-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi Toshkent viloyati yangidan tashkil etilgan korxonalar soni va hodimlarga hisoblangan nominal daromadlarning oshirilishi iqtisodiyotda bandlar sonining ortishiga va ishsizlikning kamayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
Toshkent viloyati iqtisodiyotida bandlar soni va ishsizlik darajasi o‘zgarishining 2027 yilga qadar ko‘p omilli regressiya tenglamasi asosida ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 4 apreldagi 01/100-04/12-2127-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi Toshkent viloyati mehnat bozorini rivojlantirish va bozor muvozanatini saqlashda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rejalarining sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga xizmat qilgan.