Xasonboev Bekzodjon Valijonovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ofiserlarda axloqiy-ruhiy sifatlarni qaror toptirishning nazariy-pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped3108.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Burxanov Tohir Maxammatjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mudofaa Vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak oliy harbiy mutaxassilarda axloqiy hamda ruhiy sifatlarni qaror toptirishning nazariy-pedagogik asoslari, texnologik va uslubiy imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ofiserlarda axloqiy-ruhiy sifatlarni qaror toptirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillari harbiy oliy ta’limning pedagogik imkoniyatlarini kasbiy va shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning odatiy-refleksiv va tezkor-operatsion xususiyatlari bilan assosatsiv uyg‘unlashtirish asosida ochib berilgan;
bo‘lajak ofiserlarda axloqiy-ruhiy sifatlarni qaror toptirishning amaliy-texnologik tizimi shaxsiy refleksiya va fikrlashdagi moslashuvchanlik, emotsional va aqliy yondashuvlarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasiga nisbatan invariant qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak ofiserlarda axloqiy-ruhiy sifatlarni qaror toptirish va rivojlantirish modeli modellashtirishning universallik va normativlik tamoyillarini maqsaddan natijaga yo‘naltirish hamda metodologik, tashkiliy, didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligini algoritmik jarayon usuli orqali ta’minlash asosida takomilashtirilgan;  
bo‘lajak oliy ma’lumotli harbiy kadrlarning axloqiy-ruhiy sifatlarini rivojlantirishning amaliy mexanizmlari emotsional-obrazli, intellektual-ijodiy, refleksiv va kognitiv kasbiy hamda shaxsiy fazilatlarni shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning real ta’lim sharoitida qaror toptirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ofiserlarda axloqiy-ruhiy sifatlarni qaror toptirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
oliy harbiy ta’limning pedagogik imkoniyatlarini kasbiy va shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning odatiy-refleksiv va tezkor-operatsion xususiyatlari bilan assosatsiv uyg‘unlashtirish asosida ochib berilgan bo‘lajak ofiserlarda axloqiy-ruhiy sifatlarni qaror toptirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillari, oliy harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarni axloqiy-ruhiy jihatdan kasbiy tarbiyalashning didaktik vositalari, bo‘lajak ofiserlarda axloqiy-ruhiy fazilatlarni rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning ahamiyati borasidagi taklif va tavsiyalar Mudofaa vazirligi tizmidagi harbiy oliy ta’lim muassasalari ta’lim amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023 il 3 maydagi 14/1188-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ofiserlarning axloqiy-ruhiy sifatlarini qaror toptirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
shaxsiy refleksiya va fikrlashdagi moslashuvchanlik, emotsional va aqliy yondashuvlarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasiga nisbatan invariant qo‘llash asosida takomillashtirilgan bo‘lajak ofiserlarda axloqiy-ruhiy sifatlarni qaror toptirishning amaliy-texnologik tizimi, modellashtirishning universallik va normativlik tamoyillarini maqsaddan natijaga yo‘naltirish hamda metodologik, tashkiliy, didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligini algoritmik jarayon usuli orqali ta’minlash asosida takomilashtirilgan refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak ofiserlarda axloqiy-ruhiy sifatlarni qaror toptirish va rivojlantirish modeliga oid takliflar Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy oliy ta’lim muassasalari uchun tayyorlangan “Qo‘shinlarda axloqiy-ruhiy tayyorgarlikni shakillantirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023 il 3 maydagi 14/1188-son ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy faoliyatda harbiy xizmatchilarlar bilan axloqiy-ruhiy tayyorgarlikni tashkillashtirish va olib borish hamda tashqi ta’sirlarni bartaraf etish usul va yo‘llari takomillashtirishga erishilgan;
emotsional-obrazli, intellektual-ijodiy, refleksiv va kognitiv kasbiy hamda shaxsiy fazilatlarni shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning real ta’lim sharoitida qaror toptirish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak oliy ma’lumotli harbiy kadrlarning axloqiy-ruhiy sifatlarini rivojlantirishning amaliy mexanizmlari, axloqiy-ruhiy fazilatlarning kursantlar kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishdagi roli, ta’limiy va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida tashkil qilishning pedagogik omillari borasidagi xulosa va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligining 2023 yil 1 maydagi 3739/V-son ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy oliy ta’lim muassasalari o‘quv fanlarining didaktik ta’minoti va metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish