GIYaSOV Shuxrat Iskandarovichning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib504.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Nefrolitiazning endoskopik jarroxligi asoratlari: sabablari, tasnifi, taktikasi, prognozi», 14.00.31–urologiya (tibbiyot fanlari).
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Akilov Farxod Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.17.01
Dissertatsiya yo‘nalishi (nazariy yoki amaliy ahamiyatga molik): amaliy ahamiyatga molik.
Pedagogik ish tajribasiga qo‘yilgan talabning bajarilgani: 2000-2001, 2002-2003yy Toshkent tibbiyot akademiyasi urologiya kafedrasi assistenti.
Malakaviy imtihonlar topshirilgan sana va natijasi: matematik modellashtirish va matematik statistika asoslari (16.05.2013) – 72 (yaxshi); O‘zbekistonning eng yangi tarixi (23.05.2013) – 72 (yaxshi); ingliz tili (28.05.2013) – 58 (qoniqarli); urologiya (29.11.2013) – 93 (a’lo).
II. Nashr ishlari.
Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:
a) O‘zbekiston Respublikasi OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalari nashr qilish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan 4 ta milliy ilmiy jurnalda 8 ta ilmiy maqola, 5 ta xorijiy ilmiy jurnalda 8 ta ilmiy maqola nashr qilingan;
b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 10 ta ma’ruza tezisi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida e’lon qilingan (jumladan: 2012, Shveysariya; 2012, Turkiya; 2013, O‘zbekiston; 2014, Gruziya).
III. Tadqiqotning maqsadi: nefrolitiazi bo‘lgan bemorlarni endoskopik davolash natijalarini postoperatsion asoratlarni tizimga solish hamda asoratlar chastotasi va og‘irlik darajasini kamaytirishga yo‘naltirilgan profilaktik va taktik tadbirlarni ishlab chiqish yo‘li bilan yaxshilash.
IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:
ilk bor nefrolitiazga chalingan bemorlarni endoskopik usulda davolash nuqtai nazaridan toshlarning murakkablik darajasi guruhlarga ajratilgan va buning samarali natija berishi isbotlangan;
operatsiyadan keyingi normal jarayon bilan asoratli kechish o‘rtasidagi aniq chegara e’tiborga olinib Slavien-Dindo jarrohlik asoratlari tasnifi nefrolitiazning endoskopik davolashdagi postoperatsion asoratlarini ob’ektiv baholashga moslashtirilgan va unga muvofiq postoperatsion asoratlarni tasnif asosida tizimlashtirilgan;
nefrolitiazni endoskopik davolashdagi asoratlar turi, sababi va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash jarayonida toshlarning o‘lchami, joylashuvi va murakkablik darajasi kabi ko‘rsatkichlarni e’tiborga olib asoratlar profilaktikasi takomillashtirilgan;
qon ketish va operatsiyadan keyingi asoratlar eng ko‘p uchraydigan pielonefrit asoratini keltirib chiqarishi mumkinligi isbotlanib, nefrolitiazni endoskopik usulda davolashdagi asoratlangan bemorlarni boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
toshlarning murakkablik darajasi va toshni olish uchun tanlangan endoskopik kirish usuli bilan bog‘liq intra- va postoperatsion davrda bemor hayoti uchun xavfli qon ketishi sababli bemorga qon quyish ehtiyoji prognozlashtirilgan.
V. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari: mazkur tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi va 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi amaliy ish faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazir-ligining 16.06.2014 yildagi xulosasi). Tegishli tavsiyalarning qo‘llanilishi natijasida marjonsimon nefrolitiaz bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan keyin kasalxonada qolish ko‘rsatkichi 82 foizga kamaygan.