Axmedova Dilafruz Baxadirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishlab chiqarish korxonalari ishchilarida pnevmokoniozning rivojlanish xavfi omillarini prognozlashtirish tizimini ilmiy asoslash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.Tib679.
Ilmiy maslahatchi: Sadikov Asqar Usmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; To‘xtarov Baxrom Eshnazarovich, tibbiyot fanlari doktori; Mamasaidov Jamoliddin Turg‘unboevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Axmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sanoat tarmog‘i xodimlarining kasalliklarini oldini oluvchi tashxislash tadbirlari va profilaktika usullarini takomillashtirish asosida bashoratlash tizimini ishlab chiqish orqali erta tashxislash tartibini gigienik jihatdan optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kon-metallurgiya sanoati ishchilari orasida kasbiy pnevmokoniozning rivojlanishida ish o‘rinlari havosidagi kremniy saqlovchi chang miqdorining ortishi va undan nafas olishning o‘rni isbotlangan;
kon-metallurgiya sanoati ishchilari ish o‘rinlarida nafas oladigan havodagi kremniy changi ta’sirida ishchilarning ichki muhitdagi o‘zgarishlar, ya’ni qon zardobida ba’zi sitokinlar miqdorining ortishi natijasida yallig‘lanish jarayonining yuzaga kelishi va fibroz to‘qimalarning hosil bo‘lishi hisobiga pnevmokonioz ko‘rsatkichlarini baholashning gigienik mezonlari ishlab chiqilgan;
birinchi marta 6 daqiqali pog‘onali testdan foydalanganda kvars o‘z ichiga olgan chang bilan muloqotda bo‘lgan ishchilar organizmining nafas olish tizimining funksional holatini buzilishning va uning oqibatida organizmining funksional imkoniyatlarini pasayshining gigienik xususityalari isbotlangan;
kremniy dioksidi kondensatsiyasi aerozoli bilan aloqa to‘xtatgandan keyin kasallikning sabablari va nuqsonlarini oldini olish tartibini tizimlashtirish natijasida kasbiy kasalliklarni keltirib chiqaradigan omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tizimli sanitar-gigienik va sanitar-texnik chora-tadbirlarning o‘rni isbotlangan;
kon-metallurgiya sanoati ish muhitida zararli va xavfli omillarni kamaytirishning texnologik, sanitar-texnik qoidalarga rioya qilish bilan birgalikda parhez biologik faol qo‘shimchalar yordamida qondagi sitokinlar miqdori va o‘pkaning tiriklik sig‘imini oshirish, organizmning funksional holatni yaxshilash va ishchilar orasida kasbiy kasalliklar oqibatidagi nogironlikni oldini olish tartibi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiot institutining ekspert kengashining 2023 yildagi 21 iyundagi 06-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 21-iyundagi 260/01-05-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: kon-metallurgiya sanoati ishchilari orasida kasbiy pnevmokoniozning rivojlanishida ish o‘rinlari havosidagi kremniy saqlovchi chang miqdorining ortishi va undan nafas olishning o‘rni isbotlangani Toshkent viloyati Angren shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (07.06.2023 y.; № 1499-10-148-TV/2023), DARMON SERVIS MChJ shifoxonasi bo‘yicha (16.06.2023 y.; №77), NKMK jamg‘armasi Davlat muassasasining Uchquduq xududiy boshqarmasi 2-tibbiy sanitariya qismining sanitariya epidemiologiya stansiyasi bo‘yicha (15.06.2023 y.; №47) hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologiya osayishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Uchquduq tumani bo‘limi bo‘yicha (19.06.2023 y.; №263-5-76-SES/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kon-metallurgiya sanoati xodimlari orasida ish o‘rinlaridagi havo tarkibidagi kremeniy saqlovchi chang miqdorining ortishi va undan nafas olish hisobiga kasbiy pnevmokonioz kasalligi rivojlanishini baholash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kon-metallurgiya sanoati korxonalari ishchilari orasida zararli va xavfli ish o‘rinlaridagi havo tarkibidagi kremeniy saqlovchi chang miqdorining me’yoriy ruxsat etilgan miqdoriy ko‘rsatkichdan ortishi natijasida ushbu sehlar ishchilarida va atrof xududda yashovchi aholi orasida kasbiy kasallik pnevmokonioz rivojlanishining turli darajalarini gigienik baholash orqali erishilgan (mehnatga layoqatsizlik kunlari uchun to‘lovi 1 nafar ishchiga 1292307 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: tarkibida kremniy saqlovchi chang ta’siridan kelib chiqqan pnevmokoniozning tizimli rivojlanishini bashoratlash tartibi takomillashtirilib, korxonaning 1 nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini 1292307 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: kon-metallurgiya sanoati ishchilari ish o‘rinlarida nafas oladigan havodagi kremniy changi ta’sirida ishchilarning ichki muhitdagi o‘zgarishlar, ya’ni qon zardobida ba’zi sitokinlar miqdorining ortishi natijasida yallig‘lanish jarayonining yuzaga kelishi va fibroz to‘qimalarning hosil bo‘lishi hisobiga pnevmokonioz ko‘rsatkichlarini baholashning gigienik mezonlari ishlab chiqilgani Toshkent viloyati Angren shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (07.06.2023 y.; № 1499-10-148-TV/2023), DARMON SERVIS MChJ shifoxonasi bo‘yicha (16.06.2023 y.; №77), NKMK jamg‘armasi Davlat muassasasining Uchquduq xududiy boshqarmasi 2-tibbiy sanitariya qismining sanitariya epidemiologiya stansiyasi bo‘yicha (15.06.2023 y.; №47) hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologiya osayishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Uchquduq tumani bo‘limi bo‘yicha (19.06.2023 y.; №263-5-76-SES/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kon-metallurgiya sanoati ishchilari ish o‘rinlaridagi havo tarkibidagi kremniy changi ta’sirida jarayonning rivojlanishga ko‘ra zardobdagi ba’zi sitokinlar tarkibining o‘zgarishi natijasida rivojlangan pnevmokoniozni tashxislashning gigienik mezonlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kon-metallurgiya sanoati ishchilarida rivojlangan pnevmokoniozni tashxislashning taklif etilgan sitokinlarni tekshirish usuli bo‘yicha tahlil qilishda kasallikni rivojlanishini erta aniqlash natijasida kasbiy pnevmokonioz kasalligi rivojlanishidagi mexanizmini baholash orqali iqtisodiy samaradorlikga erishilgan (mehnatga layoqatsizlik kunlari uchun to‘lovi 1 nafar ishchiga 1292307 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: kon-metallurgiya korxonasi ish o‘rinlaridagi havo tarkibidagi kremniy changi ta’sirida ishchilarda xastalikning rivojlanish turiga ko‘ra zardobdagi ba’zi sitokinlar tarkibining o‘zgarishi hisobiga tashxislangan xastalikni oldi olinib, korxonaning 1 nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini 1292307 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: birinchi marta 6 daqiqali pog‘onali testdan foydalanganda kvars o‘z ichiga olgan chang bilan muloqotda bo‘lgan ishchilar organizmining nafas olish tizimining funksional holatini buzilishning va uning oqibatida organizmining funksional imkoniyatlarini pasayshining gigienik xususityalari isbotlangani Toshkent viloyati Angren shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (07.06.2023 y.; № 1499-10-148-TV/2023), DARMON SERVIS MChJ shifoxonasi bo‘yicha (16.06.2023 y.; №77), NKMK jamg‘armasi Davlat muassasasining Uchquduq xududiy boshqarmasi 2-tibbiy sanitariya qismining sanitariya epidemiologiya stansiyasi bo‘yicha (15.06.2023 y.; №47) hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologiya osayishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Uchquduq tumani bo‘limi bo‘yicha (19.06.2023 y.; №263-5-76-SES/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pka funksiyasining kompensator imkoniyatlarini optimallashtirish uchun, pnevmokonioz bilan, turli darajadagi sanoat changi bilan muloqatda bo‘lgan ishchilarda 6 daqiqali pog‘onali test usuli parametrlarini dinamik nazorat qilish davrida nafas olish tizimi funksional holatining buzilishi ochib berilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birinchi marta jismoniy shaxslarda 6 daqiqali pog‘onali testdan foydalanganda kvars o‘z ichiga olgan chang bilan muloqatda bo‘lgan ishchilar organizmida nafas olish tizimi funksional holatining buzilishini davolash va profilaktika qilish natijasida iqtisodiy samaradorlikga erishilgan (mehnatga layoqatsizlik kunlari uchun to‘lovi 1 nafar ishchiga o‘rtacha 646105,2 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: birinchi marta 6 daqiqali pog‘onali testdan foydalanganda kvars o‘z ichiga olgan chang bilan muloqatda bo‘lgan ishchilar organizmida nafas olish tizimi funksional holatining buzilishi oldi olinib, korxonaning 1 nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini 646105,2 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kremniy dioksidi kondensatsiyasi aerozoli bilan aloqa to‘xtatgandan keyin kasallikning sabablari va nuqsonlarini oldini olish tartibini tizimlashtirish natijasida kasbiy kasalliklarni keltirib chiqaradigan omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tizimli sanitar-gigienik va sanitar-texnik chora-tadbirlarning o‘rni isbotlangani Toshkent viloyati Angren shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (07.06.2023 y.; № 1499-10-148-TV/2023), DARMON SERVIS MChJ shifoxonasi bo‘yicha (16.06.2023 y.; №77), NKMK jamg‘armasi Davlat muassasasining Uchquduq xududiy boshqarmasi 2-tibbiy sanitariya qismining sanitariya epidemiologiya stansiyasi bo‘yicha (15.06.2023 y.; №47) hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologiya osayishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Uchquduq tumani bo‘limi bo‘yicha (19.06.2023 y.; №263-5-76-SES/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kremniy dioksidi kondensatsiyasi aerozoli bilan aloqa to‘xtatilgandan keyin kasallikni rivojlanishiga sabab va nuqsonlarini oldini olish natijasida kasbiy kasallanishni erta tashxislash va samarali davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kremniy dioksidi kondensatsiyasi aerozoli bilan aloqa to‘xtatilgandan keyin kasallikni rivojlanishiga sabab va nuqsonlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning tartibi tizimlashtirish orqali, kasbiy kasallanishga olib keluvchi omillarni salbiy ta’siri kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikga erishilgan (mehnatga layoqatsizlik kunlari uchun to‘lovi 50 nafar ishchiga 32305260 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: kremniy dioksidi kondensatsiyasi aerozoli bilan aloqa to‘xtatilgandan keyin kasallikni rivojlanishiga sabab va nuqsonlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning tartibi tizimlashtirish orqali, kasbiy kasallanishga olib keluvchi omillarni salbiy ta’siri kamaytirilib, korxonaning 1 nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini 32305260 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: kon-metallurgiya sanoati ish muhitida zararli va xavfli omillarni kamaytirishning texnologik, sanitar-texnik qoidalarga rioya qilish bilan birgalikda parhez biologik faol qo‘shimchalar yordamida qondagi sitokinlar miqdori va o‘pkaning tiriklik sig‘imini oshirish, organizmning funksional holatni yaxshilash va ishchilar orasida kasbiy kasalliklar oqibatidagi nogironlikni oldini olish tartibi ishlab chiqilgani Toshkent viloyati Angren shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (07.06.2023 y.; № 1499-10-148-TV/2023), DARMON SERVIS MChJ shifoxonasi bo‘yicha (16.06.2023 y.; №77), NKMK jamg‘armasi Davlat muassasasining Uchquduq xududiy boshqarmasi 2-tibbiy sanitariya qismining sanitariya epidemiologiya stansiyasi bo‘yicha (15.06.2023 y.; №47) hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologiya osayishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Uchquduq tumani bo‘limi bo‘yicha (19.06.2023 y.; №263-5-76-SES/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kon-metallurgiya sanoatining ish muhitida zararli va xavfli omillarni kamaytirishning texnologik, sanitar texnik qoidalargi rioya qilish bilan birgalikda parhez biologik faol qo‘shimchalar yordamida qondagi sitokinlar miqdorini va o‘pkaning tiriklik sig‘imini oshirish orqali xastalikni davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sanoat changi bilan muloqatda bo‘lgan ishchilarda pnevmokoniozni rivojlanishini oldini olishda “Xilobronx” va “Bronxonorm” biologik faol qo‘shimchilarni qo‘llashni tavsiya qilish orqali kon-metallurgiya sanoati ishchilarining mehnatga layoqatsizlik kunlarining o‘rtacha soni kamatirish tufayli iqtisodiy samaradorlikga erishilgan (mehnatga layoqatsizlik kunlari uchun to‘lovi 1 nafar ishchiga o‘rtacha 646105,2 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: “Xilobronx” va “Bronxonorm” biologik faol qo‘shimchilarni pnevmokonioz rivojlanishining oldini olish uchun o‘simlik preparatlari sifatida tavsiya etilib, korxonaning 1 nafar ishchi hisobiga byudjet mablag‘larini 646105,2 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.