Axmedov Domir Azimboevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noaniqlik sharoitida nochiziqli dinamik obektlarni adaptiv baholash va boshqarish algoritmlari», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T455.
Ilmiy rahbar: Zaripov Oripjon Olimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Avazov Yusuf Shodievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi noaniqlik sharoitlarida nochiziqli dinamik obektlarni adaptiv baholash va boshqarish algoritmlari va ularni amalga oshirishning hisoblash sxemalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kalman turidagi kengaytirilgan dinamik filtr asosida nochiziqli dinamik boshqarish obektlarining holatlarini turgun adaptiv baholash algoritmlari ishlab chiqilgan;
iterativ muntazamlashtirish tamoyili doirasidagi variatsion tengsizliklar asosida boshqarish obektining o‘tishlar matrisalarini turg‘un adaptiv baholash algoritmlari ishlab chiqilgan;
tenglamalarini kvazichiziqli aks ettirish asosida nochiziqli boshqarish sistemalarini turg‘un ko‘p hadli sintezlash algoritmlari taklif etilgan;
lokal optimallashtirish asosida nochiziqli dinamik obektlarni asimptotik boshqarishning turg‘un algoritmlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Noaniqlik sharoitida nochiziqli dinamik obektlarni adaptiv baholash va boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Kalman turidagi kengaytirilgan dinamik filtr asosida nochiziqli dinamik boshqarish obektlari holatlarini turg‘un adaptiv baholashning ishlab chiqilgan algoritmlari «Toshkentdonmahsulot» AJda joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2023 yil 3 maydagi №4/200-son ma’lumotnomasi). Natijada, rostlagich parametrlarini hisoblash aniqligi ortgan;
tenglamalarini kvazichiziqli aks ettirish asosida nochiziqli boshqarish sistemalarini turg‘un ko‘p hadli sintezlashning taklif etilgan algoritmlari «Toshkentdonmahsulot» AJda joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2023 yil 3 maydagi №4/200-son ma’lumotnomasi). Algoritmlar unni saqlash jarayoni borishining texnologik rejimlarini barqarorlash imkonini bergan;
lokal optimallashtirish asosida nochiziqli dinamik obektlarni asimptotik boshqarishning taklif etilgan turg‘un algoritmlari «Toshkentdonmahsulot» AJda joriy etilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2023 yil 3 maydagi №4/200-son ma’lumotnomasi). Natijada, obekt va g‘alayon parametrlarini aniqlash aniqligi ortgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish