Bekqulov Jahongir Sherboevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mineral(kaliyli) o‘g‘itlar ishlab chiqarishda texnologik parametrlar va mahsulot sifatini nazorat qilish», 05.03.01 – “Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2874.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Sagatov Miraziz Vorisovich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaev Odil Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: MChJ QK “XIMAVTOMATIKA”.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoatda olinadigan mineral o‘g‘itlarning sifatini aniqlovchi virtual analizatorlarni qurish usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
KCl ni quritish bo‘yicha o‘rganilayotgan texnologik jarayon to‘g‘risidagi induktiv bilimlardan foydalanadigan identifikasiyalash modelini shakllantirishga asoslangan kaliy xlorid sifatini aniqlaydigan virtual analizator ishlab chiqilgan;
assosiativ qidirish algoritmlari asosida yuqori aniqlik va bashoratlash quvvatiga ega bo‘lgan virtual analizator ishlab chiqilgan;
kaliy xloridning sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq etilayotgan jarayonning texnologik parametrlarini joriy qiymatlari bilan bog‘lovchi matematik modelni amalga oshiruvchi dasturiy-analitik majmua ishiga asoslanib, kaliyli o‘g‘itlarning sifatini nazorat qilish tizimi ishlab chiqilgan;
kaliy xloridni quritish jarayonining takomillashtirilgan boshqarish tizimi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mineral o‘g‘itlarning sifat ko‘rsatgichlarini nazorat qilish vositalari va tizimlarini ishlab chiqishni tadqiq etish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
kaliy xloridni quritish jarayonida tayyor mahsulot sifatining virtual analizatori «O‘zkimyosanoatloyiha» AJda joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJ ning 2023 yil 12 maydagi №14-1325-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyor mahsulot sifatini tezkor-bashoratlovchi nazorat qilish imkoni yaratilgan;
barabanli quritish qurilmalarida kaliy xloridni quritish jarayonini takomillashtirilgan boshqarish tizimi va assosiativ qidirish algoritmli virtual analizator «O‘zkimyosanoatloyiha» AJda joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJ ning 2023 yil 12 maydagi №14-1325-son ma’lumotnomasi). Natijada, kaliyli o‘g‘itlarni quritish jarayonining texnologik rejimlarini barqarorlashtirish imkonini bergan;
kaliyli o‘g‘itlar sifatini tahlil qiluvchi dasturiy-analitik majmua «O‘zkimyosanoatloyiha» AJda joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJ ning 2023 yil 12 maydagi №14-1325-son ma’lumotnomasi). Natijada, quritish barabanining ishlash samaradorligi 0,8 % ga oshishiga hamda gaz sarfini tejashga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish