Xo‘janazarov Ulug‘bek Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonini noravshan boshqarish tizimini sintezlashning modellari va algoritmlari», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2485.
Ilmiy rahbar: Siddikov Isomiddin Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Sapaev Mamatkarim, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtaga ishlov berish texnologik jarayonlarini noravshan boshqarish tizimini sintezlashning modellari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xom ashyosi tarkibiy qismlarida quritish jarayonida sodir bo‘ladigan konvektiv issiqlik almashinuvining dinamik xususiyati asosida quritishning fazoviy va sorbsiyalash tavsifini beruvchi jarayonning analitik dinamik modeli ishlab chiqilgan;
ichki va tashqi omillarning tasodifiy o‘zgaruvchanligi, issiqlik agentining harorati, namligi hamda nam havoning parsial bosimi noaniqligi muhitida quritish jarayoni intensivligini oshirish imkonini beruvchi boshqarish tizimining neyron tarmoqli modeli ishlab chiqilgan;
texnologik cheklovlarni hisobga olgan holda paxta xom ashyosiga ishlov berish jarayonining texnologik parametrlarini noravshan boshqarish algoritmlari ishlab chiqilgan;
obektning dinamik xususiyatlarini o‘zgaruvchanligi va tasodifiy tashqi ta’sirlar sharoitida paxtaga ishlov berish jarayonining noravshan boshqarish tizimini sintezlashning algoritmlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtaga ishlov berish jarayonining noravshan boshqarish tizimini sintezlashning ishlab chiqilgan modellari va algoritmlari asosida:
paxta tozalash korxonalarida ichki va tashqi omillarning tasodifiy o‘zgaruvchanligi, issiqlik agentining harorati namligi, hamda nam havoning parsial bosimini noaniqligi muhitida quritish jarayoni intensivligini oshirish imkonini beruvchi boshqarish algoritmlari “Mustaqillik paxta tozalash” korxonasida joriy qilingan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 29 apreldagi №02/22-285-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tozalash texnologik agregatlarini samaradorligini oshirish, paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyatiga erishilgan.
paxtani quritish obektining dinamik xususiyatlarini o‘zgaruvchanligi va tashqi ta’sirlarning tasodifiyligi sharoitida paxtaga ishlov berish jarayonining noravshan boshqarish tizimini sintezlash algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua “Mustaqillik paxta tozalash” korxonasida joriy qilingan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 29 apreldagi №02/22-285 - son ma’lumotnomasi). Natijada, agregatlarning salt ishlashini oldini olish, o‘ta yuklanishi va avariya holatlarini bartaraf etish va texnologik agregatlarning bir maromda muntazam ishlashini ta’minlash hisobiga texnologik jarayonning umumiy unumdorligini 8% ga oshirish imkonini bergan.