Abdukayumov Abdurauf Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligi birligi o‘lchami uzatilishining metodologiyasi va noaniqligi», 05.03.02 – «Metrologiya va metrologik ta’minot».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1821.
Ilmiy rahbar: Xakimov Ortagoli Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Barot Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Abdikayumovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchashda metrologik ta’minotning tashkiliy va nazariy asoslarini takomillashtirish, shuningdek to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchashlarni bajarish metodologiyasini va uning noaniqlik manbalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchash vositalari uchun davlat qiyoslash sxemasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchash noaniqligining manbalarini o‘rganish asosida, yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchashda asosiy parametrlarning dispersiyasini baholashni hisoblash uchun formulalar keltirib chiqarilgan;
to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflarini aniqlash hamda ular yordamida amalga oshirilgan o‘lchashlar noaniqligini baholash natijalari asosida to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchash uchun yangi o‘lchashlarni bajarish uslubiyati ishlab chiqilgan;
o‘lchash noaniqligi manbalarini aniqlash asosida ishlab chiqilgan to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchashlarni bajarish uslubiyatining noaniqligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligi birligi o‘lchami uzatilishining metodologiyasini yaratish va noaniqligini baholash ilmiy tadqiqoti natijalari asosida:
to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM tomonidan attestatsiyalangan (O‘z O‘U 07.0881:2022-sonli sertifikat) hamda to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchash vositalari uchun davlat qiyoslash sxemasi O‘zDSt 3628:2023 O‘zbekiston davlat standarti bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston texnik tartibga solish agentligining 2022 yil 9 noyabrdagi 01/4414-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchash vositalarini metrologik nazorati jarayonining tashkiliy, nazariy va xuquqiy asoslarini yaratish imkonini bergan;
to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti va to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchash vositalari uchun davlat qiyoslash sxemasi “O‘zMMI” DM va uning tashkiliy tuzilmasidagi hududiy filiallarida joriy qilingan (O‘zbekiston texnik tartibga solish agentligining 2022 yil 9 noyabrdagi 01/4414-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchash vositalari ustidan metrologik nazoratni respublika bo‘yicha yagona tartibda amalga oshirish va bu orqali metrologik nazorat natijalarining ishonchliligi va xaqqoniyligini ta’minlash imkonini bergan;
to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti, to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchash noaniqligini baholash uchun keltirib chiqarilgan matematik formulalar “O‘zbek-Turk Test Markazi” QK da sertifikatlashtirish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston texnik tartibga solish agentligining 2022 yil 9 noyabrdagi 01/4414-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinov laboratoriyasida ko‘llaniladigan to‘qimachilik materiallarining yig‘indi issiqlik qarshiligini o‘lchash vositalari kuzatiluvchanligi ta’minlanayotganligini nazariy jihatdan asoslash imkonini bergan
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish