Abdullaev Xurshidbek Dilshodbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobil yo‘llarini ko‘chuvchan qumlardan himoya qilishning mexanik usullarini takomillashtirish”, 05.09.02 - “Geotexnika” (YO‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. YO‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3394
Ilmiy rahbar: Djabbarov Saidburxan Tulaganovich, t.f.d., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.05
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari nomzodi, professor Salixanov Said Salixanovich (Toshkent davlat transport universiteti); texnika fanlari doktori, professor Xotamov Asadulla Toshtemirovich (Toshkent arxitektura-qurilish universiteti).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil yo‘llarini ko‘chuvchan qumlardan himoya qilishning mexanik usulini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- hududdagi hukmron shamollarning yo‘nalishini inobatga olgan holda hamda havo-qum massasi harakatini modellashtirish orqali mexanik himoya vositalarining optimal qurilish-texnologik parametrlari asoslangan;
- himoya to‘siqlarning shakli va o‘rnatish sxemasini optimallashtirish orqali avtomobil yo‘llarini qum ko‘chkilaridan saqlashning mexanik usuli takomillashtirilgan;
- to‘siqlarning eng maqbul qurilish-texnologik parametrlari, hukmron shamollarning yo‘nalishi hamda tezligini inobatga olgan holda mexanik himoya vositalarining samarali ishlash muddati belgilangan;
- “avtomobil yo‘llariga ko‘chuvchan qumlarning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasnifi” himoya vositalarining konstruksiyasi va innovatsion materiallarni kiritish hisobiga takomillashtirilgan;
- hududlardagi hukmron shamollarning yo‘nalish rumbi 22,5 gradusga o‘zgarganligi meteostansiyalarning so‘ngi 30 yillik ma’lumotlarini qayta ishlash va umumlashtirish orqali aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Avtomobil yo‘llarini ko‘chuvchan qumlardan himoya qilishning mexanik usullarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida:
avtomobil yo‘llarini ko‘chuvchi qumlar bosish jarayonini modellashtirish natijalari Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 1-martdagi, 02-537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda mexanik himoya vositalarining qurilish-texnologik parametrlarini o‘zgartirish hisobiga 10% ko‘proq qumni tutib qolishga erishilgan;
qum ko‘chkilaridan saqlashning mexanik usuli vositalarini qo‘llash Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 1-martdagi, 02-537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘l korxonalari qarovida bo‘lgan qumli hududlardan o‘tgan avtomobil yo‘llarini qum ko‘chishidan himoya qilish uchun qo‘llanilayotgan to‘siqlarni optimallashtirish orqali ularning samaradorligini 60% dan 75% gacha oshirishga erishilgan;
takomillashtirilgan “avtomobil yo‘llariga ko‘chuvchan qumlarning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasnifi” Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 1-martdagi, 02-537-sonli ma’lumotnomasi). “Avtomobil yo‘llariga ko‘chuvchan qumlarning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasnifi”ni korxonalarda qo‘llash hisobiga yo‘l sohasini boshqarish tizimi faoliyatini takomillashtirishga erishilgan;
avtomobil yo‘llarini ko‘chuvchan qumlardan himoya qilishning takomillashtirilgan mexanik usuli Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 1-martdagi, 02-537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qumli cho‘l hududidan o‘tgan ko‘chuvchan qumlar ta’sirida bo‘lgan avtomobil yo‘llarni saqlashga sarflanayotgan mablag‘larni 5-9 % gacha iqtisod qilishga erishilgan.