Abduraximova Dilora Karimovnaning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda innovatsion bank mahsulotlarini joriy etish orqali bank xizmatlari bozorini rivojlantirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt378.
Ilmiy maslahatchi: Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Boboqulov To‘lqin Ibodullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda innovatsion bank mahsulotlarini joriy etish orqali bank xizmatlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari va bank xizmatlari iste’molchilari manfaatlari buzilishining oldini olish uchun moliyaviy texnologiyalar vositasidagi moliyaviy firibgarlik loyihalari va holatlarini 5-10 soniyada ogohlantiruvchi bank raqamli mahsuloti taklif etilgan;
daromad olish imkoniyatlari, bizneslar katalogi, shaxsiy pensiya hisobraqami va uning kelajakdagi o‘sish prognozlarini qamrab olgan shaxsiy moliya xizmatlar paketi taklif etilgan;
to‘lov holati bo‘yicha overlay tizimini qo‘llash orqali bank xizmatlari iste’molchilarini kredit va uning foiz to‘lovlari, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarini amalga oshirish zarurligi asoslangan;
masofadan xizmat ko‘rsatuvchi platformalarda 40 yoshgacha mijozlar (milleniallar)ga mo‘ljallangan namunaviy loyihalarni joylashtirish orqali bank xizmatlaridan foydalanuvchilar ko‘lamini oshirish va tijorat banklariga moliyaviy resurslar jalb qilish asoslangan;
banklararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va unda mobil ilovalar vositasida o‘zaro mavjud bo‘lmagan xizmatlarni ko‘rsatish yuzasidan bank xizmatlari xaritasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion bank mahsulotlari, ularning tahlili, va tasnifini uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari va bank xizmatlari iste’molchilari manfaatlari buzilishining oldini olish uchun moliyaviy texnologiyalar vositasidagi moliyaviy firibgarlik loyihalari va holatlarini 5-10 soniyada ogohlantiruvchi bank raqamli maxsuloti joriy etishga oid taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va «Asakabank» ATB faoliyatida qo‘llanilgan («O‘zsanoatqurilishbank» ATB 2023 yil 13 iyundagi 37-48/4258-son, «Asakabank» ATB 2023 yil 19 iyundagi 19-01/3143-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish orqali “O‘zsanoatqurilishbank” ATB masofadan foydalanuvchilar tomonidan bildirilgan ijobiy fikrlar ko‘paydi va ushbu foydalanuvchilarning soni 12 foiz oshirishga erishilgan. Shu bilan birga, ushbu taklifni «Asakabank» ATB tomonidan qo‘llanilganda masofadan xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 15 foiz oshirishga erishilgan;
daromad olish imkoniyatlari, bizneslar katalogi, shaxsiy pensiya hisobraqami va uning kelajakdagi o‘sish prognozlarini qamrab olgan shaxsiy moliya xizmatlar paketi joriy etishga oid taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va «Asakabank» ATB 2022 va 2023 yillarga mo‘ljallangan bank biznes rejasini ishlab chiqishda qo‘llanildi («O‘zsanoatqurilishbank» ATB 2023 yil 13 iyundagi 37-48/4258-son, «Asakabank» ATB 2023 yil 19 iyundagi 19-01/3143-son ma’lumotnomalari). Natijada, «O‘zsanoatqurilishbank» mobil ilova orqali bank depozitlariga mablag‘lar kiritish 23 foizdan yuqori darajaga oshdi. Shu bilan birga, ushbu taklifni «Asakabank» ATB tomonidan qo‘llanilganda jismoniy shaxslar individual va xorijiy valyutadagi kartalariga talab 14 foizga, mobil ilova orqali bank depozitlariga mablag‘lar kiritish esa 25 foizga oshishiga erishildi;
to‘lov holati bo‘yicha overlay tizimini qo‘llash orqali bank xizmatlari iste’molchilarini kredit va uning foiz to‘lovlari, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarini amalga oshirish zarurligiga oid taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va «Asakabank» ATB Bank aktivlari va passivlarini boshqarish siyosatini ishlab chiqishda qo‘llanildi («O‘zsanoatqurilishbank» ATB 2023 yil 13 iyundagi 37-48/4258-son, «Asakabank» ATB 2023 yil 19 iyundagi 19-01/3143-son ma’lumotnomalari). Natijada, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mijozlari moliyaviy mas’uliyatini oshirishga erishildi va bank kreditlari bo‘yicha jismoniy shaxs qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lamaslik holati 21 foizga kamaydi. Shu bilan birga, ushbu taklifni «Asakabank» ATB tomonidan qo‘llanilganda mijozlarning o‘z vaqtida kredit to‘lovlari to‘lash 27 foizga, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni mobil ilova orqali amalga oshirish 19 foizga oshirishga erishildi;
masofadan xizmat ko‘rsatuvchi platformalarda 40 yoshgacha mijozlar (milleniallar)ga mo‘ljallangan namunaviy loyihalarni joylashtirish orqali bank xizmatlaridan foydalanuvchilar ko‘lamini oshirish va tijorat banklariga moliyaviy resurslar jalb qilishga oid taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va «Asakabank» ATB Depozit siyosatlarini ishlab chiqishda qo‘llanildi («O‘zsanoatqurilishbank» ATB 2023 yil 13 iyundagi 37-48/4258-son, «Asakabank» ATB 2023 yil 19 iyundagi 19-01/3143-son ma’lumotnomalari). Natijada, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB umumiy foydalanuvchilar orasida 35 yoshgacha bo‘lgan mijozlarining bank xizmatlaridan faol foydalanish darajasini oshdi. Shu bilan birga, ushbu taklifni «Asakabank» ATB tomonidan qo‘llanilganda 30-39 yosh oralig‘idagi mijozlarining bank mobil ilovasidan qoniqish darajasi 15 foizga oshirishga erishildi;
banklararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va unda mobil ilovalar vositasida o‘zaro mavjud bo‘lmagan xizmatlarni ko‘rsatish yuzasidan bank xizmatlari xaritasiga oid taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va «Asakabank» ATB o‘rta muddatli Rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda qo‘llanildi («O‘zsanoatqurilishbank» ATB 2023 yil 13 iyundagi 37-48/4258-son, «Asakabank» ATB 2023 yil 19 iyundagi 19-01/3143-son ma’lumotnomalari). Natijada, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bir mobil ilova doirasida barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish orqali mijozlarning xizmatlardan qoniqish darajasini oshdi. Shu bilan birga, ushbu taklifni «Asakabank» ATB tomonidan qo‘llanilganda bank mijozlarining umumiy soni 11 foizga oshirishga erishildi.