Karimova Nazira Umurqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zarafshon vohasida qoramollar qon-parazitar kasalliklarini tarqalishi, zamonaviy davolash va profilaktika usullari”, 03.00.06-Zoologiya (Veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V58.
Ilmiy rahbar: Gafurov Aktam Gafurovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD. 06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Daminov Asatulo Suvonovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Pulotov Faxridin Sayfidinovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vohasi hududlarida qoramollarning piroplazmoz, babezioz va teylerioz kasalliklarining tarqalishini o‘rganish, ulardan kasallik qo‘zg‘atuvchi shtammlarini ajratish, turli hududlardan ajratilgan kasallik qo‘zg‘atuvchilarining biologik va morfologik xususiyatlarini taqqoslab o‘rganish, qon-parazitar kasalliklarini tarqatuvchi kanalar faunasini va tarqalish darajasini aniqlash, piroplazmidozlarni davolash va profilaktika qilishning yangi zamonaviy usullarini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshon vohasining yuqori hududlarida 8 % teylerioz, 6 % piroplazmoz, 2 % babezioz va quyi hududlarda teylerioz 15 %, piroplazmoz 8 % va babezioz 2 % qoramollarda qon-parazitar kasalliklarning tarqalish darajasi aniqlangan;
Zarafshon vohasining yuqori hududlarida 60 % H.anatolicum, 40 % B.salcaratus va quyi xududlarida 70 % H.anatolicum, 30 % H.detritum, 32 % B.salcaratus kanalari tarqalishi aniqlangan;
Zarafshon vohasining yuqori va quyi hududlarida teylerioz                 va piroplazmoz bilan kasallangan qoramollardan olingan qon namunalari taxlil qilish natijasida, kasallikning 11 kuniga kelib qon ko‘rsatkichlari 2 barobarga pasayib ketishi aniqlandi;
babesia colchica shtammining maxalliy vositalar asosida kriokanservatsiya uslubi yaratilgan (Intellektual mulk agentligidan  foydali modelga patent berish to‘g‘risidagi FAP2022035/1-sonili ijobiy qaror olingan);
qon-parazitar kasalliklarga qarshi «Teylaside», «Bupachek», «Imkar-120» preparatlarining davolash va profilaktik samaradorligi yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoramollarning qon-parazitar kasalliklariga qarshi kurashishning zamonaviy uslub vositalari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
Zarafshon vohasining yuqori va quyi hududlarida qoramollarning qon-parazitar kasalliklarini tarqalishi va ularni tarqatuvchi kanalarni tarqalish darajasini o‘rganish natijasida hududlarga mos chora-tadbirlar ishlab chiqilgan hamda amaliyotga joriy qilish natijasida qoramollarda qon-parazitar kasalliklarini tarqalish darajasini kamaytirishga erishilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 24 martdagi 02/23-119-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarni ushbu kasalliklardan 80-90 foizgacha oldini olishga erishilgan.
«Qishloq xo‘jalik hayvonlarining protozoozlari» nomli O‘quv qo‘llanma ishlab chiqilib, (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 24 martdagi 02/23-119-son ma’lumotnomasi). amaliyotga joriy qilish natijasida xo‘jaliklarni ushbu kasalliklardan sog‘lomlashtirish imkonini yaratilgan.
«Qoramollar teyleriozini diagnostikasi» bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan, (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 24 martdagi 02/23-119-son ma’lumotnomasi) va u chop etilib qoramolchilik fermer xo‘jaliklarida qon-parazitar kasalliklarini davolashda va profilaktika qilish chora-tadbirlarini amaliyotda ilmiy asos sifatida  foydalanish uchun tarqatilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish