Abdulxaqov Feruzbek Xolidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning Andijon-36 navini parvarishlashda tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llash”, 06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx659.
Ilmiy rahbar: Isashov Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Muxammadxon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Durdiev Normat Hasanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida “Andijon–36” g‘o‘zani navidan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda suvtejamkor tomchilatib sug‘orish usulini sug‘orish tartiblariga, mavsumiy va sug‘orish me’yorlariga hamda tuproqni haydov oldi chuqur yumshatishga bog‘liq holda ishlab chiqish va amaliyotga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlarida g‘o‘zaning “Andijon–36” navida tomchilatib sug‘orish usuli tuproqning haydov oldi chuqur yumshatishga mos ravishda ishlab chiqilgan;
och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zaning “Andijon–36” navini tomchilatib sug‘orish usulida ChDNSga nisbatan 70–75–60% sug‘orish tartibida, 5–13–7 tizimda rivojlanish davrlari bo‘yicha (gullashgacha bo‘lgan davrda 5 marta, sug‘orish me’yori 90 m3/gadan, gullash-hosil to‘plash davrida 13 marta, 102 m3/ga dan, pishish davrida 7 marta 96 m3/gadan) jami 25 marta sug‘orish hamda mavsum davomida 2105–2448 m3/ga suv sarflab sug‘orish maqbul ekanligi aniqlangan;
“Andijon–36” g‘o‘za navidan 1 s hosil olish uchun sarflangan eng kam suv sarfi 89,8 m3/sentnerni tashkil etib, 1 m3 suv hisobiga 1084,4 g hosil etishtirish mumkinligi aniqlangan;
tomchilatib sug‘orish usulida “Andijon–36” g‘o‘za navining o‘sish–rivojlanishi yaxshilanib, hosil shoxlari 1,1 donaga, ko‘saklar soni 4,5–5,0 donaga, paxta tolasining chiqimi 1,3 % ga, tola uzunligi 0,2 mm ga ortganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida “Andijon–36” g‘o‘za navining maqbul sug‘orish tartiblarini ta’minlovchi suvtejamkor tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
 “G‘o‘zani Andijon–36 navini etishtirishda tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llash bo‘yicha fermerlarga tavsiyanoma” tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 22.12.2022 yildagi № 07/21–9679–son ma’lumotnomasi). Tavsiyanoma paxta to‘qimachilik klasteri,  paxtachilik fermer xo‘jaliklari uchun paxta etishtirish uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda; 
“Andijon–36” navini parvarishlashda ChDNSga nisbatan 70–75–60% tartibida tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llash bo‘yicha Andijon viloyati Izboskan tumanining “Faxriddin zamin invest” fermer xo‘jaligida 12,0 gektar, “Xamidjon Mirzakarimov” fermer xo‘jaligida 13,0 ga, jami 25,0 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 22.12.2022 yildagi № 07/21–9679–son ma’lumotnomasi). Natijada har gektar maydondan o‘rtacha 46,0–49,0 sentner paxta hosili olingan va egatlab sug‘orishga nisbatan 14–17 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
g‘o‘zaning “Andijon–36” navini etishtirishda tuproqning haydov oldi har uch yilda bir marta 80 sm chuqurlikda yumshatib, tomchilatib sug‘orish usulida sug‘orish “Karimjon ishonchi” fermer xo‘jaligida 15,1 ga, “Temurmalik ishonchi” fermer xo‘jaligida 12,0 ga va “Xaydarali baraka” fermer xo‘jaligida 10,0 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 22.12.2022 yildagi № 07/21–9679–son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning haydov oldi chuqur yumshatilib, ChDNSga nisbatan 70–75–60% tartibida mavsumiy sug‘orish me’yorida egatlab sug‘orish usulida 4723 m3/ga suv sarflab, paxta hosili 29,7 s/ga, tomchilatib sug‘orish usulida esa 2527 m3/ga suv sarflab, paxta hosili 48,0 s/ga yoki egatlab sug‘orishga nisbatan 18,3 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish