Mo‘minov Mansurbek Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asosiy ishchi organlarni dinamik mustaxkamlash asnosida yuza qatlami sifatini ta’minlab arrali jinlarni ishlash qobiliyatini oshirish», 05.06.02–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T77.
Ilmiy rahbar: Shin Illarion Georgievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Rosulov Ro‘zimurod Xasanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtaning tolasini chigitidan ajratish mashinasi – jin arrasi disklarini mikrosharchalarda o‘zgaruvchan parametrli rejimda dinamik mustahkamlash asosida arrali disklarni ishlash qobiliyatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani qayta ishlash mashinalarini arrali disklari tishlarini mikrosharcha bilan ikki tomonlama yuzasini dinamik mustahkamlash usuli ishlab chiqilgan;
jinning arrali disklari tishlarini deformatsion mustahkamlashda texnologik qoldiq kuchlanishlarning shakllanish bog‘lanishlari sxemasi ishlab chiqilgan;
qoldiq kuchlanishlar intensivligini tavsiflovchi va deformatsiyaning yashirin energiyasi orqali aniqlanadigan qoldiq kuchlanish holati darajasi aniqlangan;
o‘zgaruvchan ko‘rsatkichli rejimda jin arrasi disklari tishlarini mikrosharcha vositasida qayta ishlashda puxtalash chuqurligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtani qayta ishlash mashinalarining arrali disklarini mikrosharchalarda o‘zgaruvchan rejimda qayta ishlab mikrosharcha orqali mustahkamlash texnologiyasini takomillashtirish asosida:
arrali disk tishlarini mikrosharchalarda ikki tomonlama dinamik mustahkamlash usuliga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Detallarga abraziv zarralar bilan ishlov berish uchun apparati” №FAP 01140-2016 y.). Natijada arrali disklarning samarali ishlash muddati 3-4 martaga oshirish imkonini bergan;
tolalarni chigitdan ajratib olish uchun chetlari to‘g‘ri chiziqli shakldagi tishli disklar ko‘rinishida yasalgan jin arrasiga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Jin arrasi” №FAP 0869-2014 y.). Natijada jin arrali disk tishining geometrik o‘lchami o‘zgarishi hisobiga tola chiqishining ortishiga imkon bergan;
tishlari mustahkamlangan jinlarning arrali disklari “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi “Bo‘ka paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 31 martdagi 02-18/1715-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida arrali disk tishlarining bardoshliligi ortishi hisobiga jinlashning arrali disklari 3-4 martaga ortirish hamda tolalar va chigitlarning sifat ko‘rsatkichlarini (tola chiqishining o‘sishi, chigit tukdorligi va chigitning shikastlanishining kamayishi) yaxshilash imkoni yaratilgan.