Islamova Gulchexra Tashpulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2691.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Mamat Eshkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Alliyarov Ashraf Dauletniyazovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari so‘z va ish birligini ta’minlashga qaratilgan odamiylik va insoniylik, hurmat va hamdardlik hissiyotlarini milliy qadriyatlarga ustuvorlik berish bo‘yicha adaptiv uyg‘unlashtirish hamda bilishga oid ehtiyoji va axloqiy munosabatlarni barkamol shaxsni shakllantirishning didaktik tamoyillariga vektorli-dinamik moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi shaxslararo, guruhiy, jamoaviy va qadriyatga yo‘naltirilgan integratsion ta’sir ko‘rsatish samaradorligini oshirish hamda hissiy-emotsional, faoliyatli-ijodiy komponentlar hamda ijodiy muloqot ko‘nikmalarini baholash, muvaffaqiyatga erishish va empatiya darajasini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish modeli uning individualligi, noyobligini ob’ektiv baholash, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligida shakllangan o‘zaro hurmat va ijodiy-faol hamkorlik muhitini yaratish hamda o‘quvchilarda tarbiyaga moyillik ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish jarayoni bilan bunyodkorlik tafakkurni bosqichma-bosqich rivojlantirish intensifikatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish dinamikligi o‘zini-o‘zi refleksiyalashga yo‘naltirilgan inson kapitalini faollashtirish, shaxsning bunyodkorlik salohiyatini oshirish hamda vatanparvarlik, sog‘lom dunyoqarash, qadriyat, insonparvarlik tarbiya elementlarining o‘zaro ijobiy ta’sirlashuv imkoniyatlarini qo‘llashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari so‘z va ish birligini ta’minlashga qaratilgan odamiylik va insoniylik, hurmat va hamdardlik hissiyotlarini milliy qadriyatlarga ustuvorlik berish bo‘yicha adaptiv uyg‘unlashtirish hamda bilishga oid ehtiyoji va axloqiy munosabatlarni barkamol shaxsni shakllantirishning didaktik tamoyillariga vektorli-dinamik moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2070/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishning nazariy jihatdan tahlil qilinishiga imkon yaratilgan;
ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi shaxslararo, guruhiy, jamoaviy va qadriyatga yo‘naltirilgan integratsion ta’sir ko‘rsatish samaradorligini oshirish hamda hissiy-emotsional, faoliyatli-ijodiy komponentlar hamda ijodiy muloqot ko‘nikmalarini baholash, muvaffaqiyatga erishish va empatiya darajasini aniqlash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2070/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish tizimining ilmiy-metodik bazasi takomillashtirish imkoni yaratilgan;
ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish modeli uning individualligi, noyobligini ob’ektiv baholash, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligida shakllangan o‘zaro hurmat va ijodiy-faol hamkorlik muhitini yaratish hamda o‘quvchilarda tarbiyaga moyillik ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish jarayoni bilan bunyodkorlik tafakkurini bosqichma-bosqich rivojlantirish intensifikatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2070/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va rivojlantirish samaradorlik darajasini oshirisha erishilgan;
ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish dinamikligi o‘zini-o‘zi refleksiyalashga yo‘naltirilgan inson kapitalini faollashtirish, shaxsning bunyodkorlik salohiyatini oshirish hamda vatanparvarlik, sog‘lom dunyoqarash, qadriyat, insonparvarlik tarbiya elementlarining o‘zaro ijobiy ta’sirlashuv imkoniyatlarini qo‘llashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2070/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirishning didaktik ta’minotini kengaytirish imkoni yaratilgan.