Muxtarov Jo‘rabek Reyimberganovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yigirilgan paxta ipi sifatiga tolalar holatining ta’sirini aniqlash usulini takomillashtirish», 05.06.01–To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T547.

Ilmiy rahbar: Kulmetov Mirpolat, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professori; Axmedov Akmal Axmedovich, texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: “O‘zstandart” agenligi O‘zbekiston “Sifat” paxta mahsulotlarini sertifikatlashtirish markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yigirilgan paxta ipi sifatiga tolalar holatining ta’siri, rostlanganlik darajasini, paxta tolasi siqilish deformatsiyasi va mexanik shikastlanishini aniqlash usullarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxta tolasi bir davrli siqilish deformatsiyasini kichik hajmda aniqlash qurilmasi yaratilgan;

paxtani toylash va yigirish jarayonlarida tolaning mexanik shikastlanishini aniqlash usuli takomillashtirilgan;

yigirish jarayoni o‘timlarida tolaning to‘g‘rilanganlik darajasini aniqlash usuli takomillashtirilgan;

paxta tolasi va undan olinadigan o‘rtacha yo‘g‘onlikdagi iplarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun tolani toylash jarayonida zichlashning muqobil varianti ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ip ishlab chiqarishda tolalar holatining ta’sirini aniqlash usulini takomillashtirish orqali ip sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ilmiy natijalar asosida:

qiyin tozalanuvchan II-nav S-6524 seleksiyali paxta tolasini bir davrli siqilish deformatsiyasini aniqlash qurilmasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi korxonalarda jumladan, Beruniy paxta tozalash korxonasida joriy etilgan («O‘zto‘machiliksanoat» uyushmasining 2018 yil  2 apreldagi DM/169-son ma’lumotnomasi). Natijada tolaning mexanik shikastlanish darajasini 14%ga kamaytirishga erishilgan;

piltadagi tolalarning to‘g‘rilanish va nisbiy paralellanishini aniqlash qurilmasi «O‘zto‘machiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda jumladan «UZTEX SHOVOT» MChJ qo‘shma korxonasida joriy etilgan («O‘zto‘machiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 2 apreldagi DM/169-son ma’lumotnomasi). Natijada pilta hamda ip sifat ko‘rsatkichlarini 4%ga oshirish imkonini bergan;

tolalarga ishlov beruvchi uskunalarning texnologik tizimlariga toylarni joylashtirish usuli «O‘zto‘machiliksanoat» tasarrufidagi korxonalarda jumladan «UZTEX SHOVOT» MChJ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘machiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 2 apreldagi DM/169-son ma’lumotnomasi). Natijada ip ishlab chiqarish jarayonida toladan ip chiqish miqdorini 3,8%ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish