O‘rozboev Nurbek Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2399.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Valixanova Nigora Abduqaxorovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini takomillashtirish bo‘yisha taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini rivojlantirish imkoniyatlari amaliy mulohaza va ijtimoiy-iqtisodiy moslashuv istedodini namoyon qilish, nostandart pedagogik vaziyatlarni hamda umumpedagogik talabalarni aniqlashtirish hamda ijtimoiy muhitning ierarxik infratuzilmasini kommunikativ-didaktik zaruriyatlar mazmuniga adaptiv moslashtirish asosida takomillashirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini rivojlantirish samaradorligi odillik va ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishning didaktik-amaliy modelini rivojlantirishga qaratilgan atrof muhitdagi ijtimoiy munosabatlarga ratsional moslashtirish va ijtimoiy-madaniy ishlanmalarni pedagogik amaliyotga natijador-rivojlantiruvchi kontekstda moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini rivojlantirish modeli pedagogik vazifalarni ketma-ket bajarish, ijtimoiy tasir vositalaridan samarali foydalanish, vazifalarning yakuniy echimlarni muhokama qilish hamda qo‘yilgan maqsad sari intilishda qatiylikni va shaxsiy faollikni oddiydan murakkabga qarab oshirib borish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini rivojlantirish jarayoni oʻzini-oʻzi tarbiyalashga maqsadli yo‘naltirish, kelajakni idrok etish va o‘z maqsadlarini milliy an’analar va urf-odatlarga ko‘ra maqsadli rejalashtirish hamda jamiyatning pedagog kadrlarga bo‘lgan talabalariga barqaror moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini takomillashtirish bo‘yisha olingan natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini rivojlantirish imkoniyatlari amaliy mulohaza va ijtimoiy-iqtisodiy moslashuv istedodini namoyon qilish, nostandart pedagogik vaziyatlarni hamda umumpedagogik talabalarni aniqlashtirish hamda ijtimoiy muhitning ierarxik infratuzilmasini kommunikativ-didaktik zaruriyatlar mazmuniga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2082/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalarda ijtimoiy va kasbiy jihatdan mehnat bozori talabalariga mos mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini takomillashtirishning innovatsion shakllarga moslashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini rivojlantirish samaradorligi odillik va ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishning didaktik-amaliy modelini rivojlantirishga qaratilgan atrof muhitdagi ijtimoiy munosabatlarga ratsional moslashtirish va ijtimoiy-madaniy ishlanmalarni pedagogik amaliyotga natijador-rivojlantiruvchi kontekstda moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2082/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini rivojlantirish tizimini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini rivojlantirish modeli pedagogik vazifalarni ketma-ket bajarish, ijtimoiy tasir vositalaridan samarali foydalanish, vazifalarning yakuniy echimlarini muhokama qilish hamda qo‘yilgan maqsad sari intilishda qatiylikni va shaxsiy faollikni oddiydan murakkabga qarab oshirib borish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2082/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini o‘stirish samaradorligi erkin fikrlash, qatiyatlilik sifatlarini namoyon etish, oʻzini-oʻzi tarbiyalash jarayoni uzviyligini ta’minlashga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini rivojlantirish jarayoni o‘zini-o‘zi tarbiyalashga maqsadli yo‘naltirish, kelajakni idrok etish va o‘z maqsadlarini milliy an’analar va urf-odatlarga ko‘ra maqsadli rejalashtirish hamda jamiyatning pedagog kadrlarga bo‘lgan talabalariga barqaror moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2082/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalar bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik fazilatlarini o‘stirish samaradorligi erkin fikrlash, qatiyatlilik sifatlarini namoyon etish imkoni yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish