Raxmatullinov Farrux Faridovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta tolasini pishib etilganligi bo‘yicha ajratish asosida yigirilgan ip sifatini yaxshilash», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T283.

Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Lugachev Anatoliy Evgen`evich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: “O‘zstandart” agenligi O‘zbekiston “Sifat” paxta mahsulotlarini sertifikatlashtirish markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolasi pishib etilganlik darajasi bo‘yicha yangi konstruksiyadagi separatorda saralash, tola sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha notekisligini kamaytirish orqali ip sifatini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxta tolasi pishib etilganligi bo‘yicha paxta bo‘lagini elektr maydoni yordamida saralashning takomillashgan usuli ishlab chiqilgan;

paxta bo‘lagini saralashda unga ta’sir etuvchi kuchlarni inobatga olgan holda separator parametrlarini hisoblash tenglamalari olingan;

pnevmomexanik separatorda paxta bo‘lagining baraban sirtidan ajralish qonuniyati olingan;

saralash aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan;

yangi konstruksiyadagi separatorlarlarning texnologik va kinematik ko‘rsatkichlarining optimal qiymatlari aniqlangan;

tolalarning pishib etilganlik darajasining ip sifatiga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tolalarni pishib etilganligi bo‘yicha saralash usuli va konstruksiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

paxtani saralash uchun pnevmomexanik separatorlarning yangi konstruksiyasiga Intellektual mulk agentligining foydali model` uchun patentlar olingan («Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini saralash uchun qurilma», №FAP 01004-2016y.; «Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini saralash uchun qurilma» №FAP 01045-2015y.). Natijada elektroenergiya xarajatlarini 15-20%gacha kamaytirish imkonini bergan.

paxtani saralash uchun dielektrik separatorlar konstruksiyasiga Intellektual mulk agentligining foydali model` uchun patentlar olingan («Dielektrik separator», №FAP 00945-2014 y.; «Dielektrik separator», №FAP 00946-2014 y.; «Dielektrik separator», №FAP 01205-2017 y). Natijada paxtani saralash aniqligini 15% ga oshirish hamda fraksiyalar bo‘yicha saralash unumdorligi 20% gacha ortishi imkonini bergan;

tolalarni pishib etilganligi bo‘yicha saralash usulining natijalari Xorazm viloyatining «Shovot Tekstil» MChJga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 18 apreldagi DM-170-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida notekisligi kam bo‘lgan toladan olingan ipning kesimi bo‘yicha notekisligi, ingichka, qalin joylar va yirik nepslar miqdorlari kamaytirish, ipning fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish