Orolov Azizbek Kaimjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ziyovuddin tog‘lari granitoidlarining petrogeokimyosi, mineralogiyasi va ma’dandorligi (Oqmozor, Gunjak va Mayzak intruzivlari misolida)», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/GM158.
Ilmiy rahbar: Karabaev Mamatxan Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarozikov Usmonjon Dovronovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Shukurov Anvar Xamraqulovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Regionalgeologiya” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ziyovuddin tog‘laridagi granitoid intruzivlari va ular bilan bog‘liq metasomatitlarning petrografik va petrogeokimyoviy xususiyatlarini hamda maʼdanlashuvga aloqadorligini ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oqmozor, Gunjak va Mayzak intruziv hosilalari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan metasomatitlarning batafsil mineralogik-petrografik xususiyatlari aniqlangan;
intruziv tog‘ jinslarining petrokimyoviy xossalari va ularning tarkibiy hamda genetik xususiyatlari asoslangan;
ilk bor Ziyovuddin tog‘lari intruziv hosilalarida bir qator yangi aksessor minerallar ajratilgan, hamda ularning kimyoviy tarkiblari aniqlangan;
intruzivlarning asl va nodir metalli ma’dandorlikga bo‘lgan aksessor mineralogik, geokimyoviy ixtisoslashuvi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ziyovuddin tog‘lari granitoidlarining petrogeokimyoviy va mineralogik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
magmatik hosilalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan metasomatitlarning mineralogik – petrografik, petrogeokimyoviy xususiyatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2023 yil 6 yanvardagi 04-29-son maʼlumotnomasi). Natijada, magmatik tog‘ jinslarining petrologik-geokimyoviy xususiyatlarini batafsil tavsiflashga imkon bergan;
Ziyovuddin tog‘lari intruziv hosilalari tarkibida ilk bor aniqlangan aksessor minerallarning kimyoviy xususiyatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2023 yil 6 yanvardagi 04-29-son maʼlumotnomasi). Natijada, maydondagi magmatik hosilalarni batafsil aksessor mineralogik tavsiflash imkonini bergan;
hududdagi magmatik tog‘ jinslarining ma’danlashuvga geokimyoviy ixtisoslashuvi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2023 yil 6 yanvardagi 04-29-son maʼlumotnomasi). Natijada, ajratilgan hududda qimmatbaho va nodir metalli konlarni bashoratlash ishlarini ilmiy asoslash imkonini bergan.