Kotov Evgeniy Vladimirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Osenka parametrov neustanovivshegosya beznapornogo fil`tratsionnogo potoka v gruntovix peremichkax i dambax, 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № 1/06.12.2022
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
texnika fanlari doktori, professor Vatin Nikolay Ivanovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash,
Rasmiy opponentlar:
1. Texnika fanlari doktori, professor Bazarov Dilshod Rayimovich (05.09.07.);
2. Fizika-matematika fanlari doktori, professor Kirsanov Mixail Nikolaevich (01.02.04.).
Yetakchi tashkilot – Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura- qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vertikal tekislikda ikki o‘lchovli fil`tratsiya harakati uchun skalyar g‘ovak muhitda suyuqlikning beqaror erkin oqimi masalasini echishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘lchovsiz faktorizatsiya yordamida tuzilgan skalyar g‘ovakli muhit uchun nostatsionar fil`tratsiya nazariyasining cheklovchi masalasini (Boussinesk masalasi) ifodalash orqali o‘xshash ta’rif sohalariga ega bo‘lgan mintaqalar uchun masalalar guruhlarini echish imkoni yaratilgan;
Bussineskning cheklangan masalasi Krokkoning oddiy differensial tenglamasi uchun odatiy chegaraviy masalagacha soddalashtirilgan. Krokkoning cheklash masalasi ishlab chiqilgan va echilgan. Uning echimi quyi b`eflardagi fil`tratsiya oqimining chuqurligini aniqlash uchun ishlatilgan;
Krokkoning cheklovchi masalasini echish uchun kuchli - chiziqli bo‘lmagan (eng yuqori hosilada chiziqli bo‘lmagan) farqli algoritmi tekshirilgan;
Vertikal tekislikda nostatsionar fil`tratsiyaning cheklovchi masalalari Mizes o‘zgaruvchilaridagi chegara qatlamining statsionar nazariyasini cheklovchi masalalari - bo‘ylama koordinata-oqim funksiyasi bilan bir xil ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Beqaror fil`tratsiya oqimlarini sonli hisoblash usullari Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Muhandislik - qurilish institutining “Gidrotexnik va energetik qurilishi oliy maktabi” o‘quv jarayoniga kurs va diplom loyihasini hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarishda tadbiq qilindi (PSK “VENChUR” Mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2022 yil 19-53-son ma’lumotnomasi). Natijada, depressiya egri chizig‘ining bir lahzalik (bir onlik) qiymatlarini va turli shakldagi suvto‘sgichlardagi sizma oralig‘ini aniqlash uslubiyoti yaratilgan. Bu esa ularning hisob-kitoblarini olib borishni avtomatlashtirishga, suv xo‘jaligi, transport va tabiatni muhofaza qilish inshootlarni loyihalashda hisoblarning aniqligini oshirishga xizmat qilgan.
Erkin chegara bilan beqaror fil`tratsiya masalasini hisoblashning raqamli usullari drenajlar, poydevorlarni loyihalashda va AJ “KONSERN TITAN-2“(Sankt-Peterburg sh.) kotlovanlarni quritish bo‘yicha ishlarni olib borishdagi amaliyotiga joriy etildi (“KONSERN TITAN-2“Aksionerlik jamiyatining 2022 yil 60-01-32-son ma’lumotnomasi). Natijada, depressiya egri chizig‘ining bir lahzali va barqaror holat shakllarini, chegara sharoitlarining o‘zgarishi oralig‘i uchun sizma oralig‘ining balandligi qiymatlarini aniqlashga va nazoratlanadigan ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini bashorat qilish imkoniyati yaratilgan, bu esa qurilish ishlari hajmini va ularni amalga oshirish xarajatlarini baholashga xizmat qilgan.