Shavkatov Navruzbek Shavkatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat-xususiy sheriklik amaliyotida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt480
Ilmiy maslahatchi: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamroevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xudoyqulov Sadirdin Karimovich
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik amaliyotida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarida kelgusida kutilayotgan daromad va xarajatlarini joriy qiymatini aniqlashda diskont stavkani qisqa muddatli davlat obligatsiyalarining yillik daromad stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorlarda belgilash asoslangan;
xususiy sherikka ijtimoiy loyihalar doirasida talabalar turar joyi qurish uchun davlat sherigi tomonidan loyiha dastlabki bosqichida xususiy sherikning bankdagi hisobvarag‘iga loyiha umumiy qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiyalar ajratish taklif etilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini bank kreditlari orqali moliyalashtirishda xususiy investorlarni rag‘batlantirish maqsadida kredit liniyalarini Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasi miqdoridagi foiz stavkasiga tijorat bankining 2 foizdan ko‘p bo‘lmagan marjasini qo‘shish orqali xususiy sherikga taqdim etish taklif etilgan;
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini boshqarish va ekspluatatsiya qilish davri davomida xususiy sherik tomonidan loyiha qiymatining kamida 50 foiz miqdorini moliyalashtirish va ob’ektlarni ekspluatatsiya qilish muddatini 10 yildan kam bo‘lmagan muddatda belgilash taklif etilgan;
energetika sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarida xususiy investorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “yashil energiya” bank moliya produktlarni joriy etish hisobiga moliyalashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat-xususiy sheriklik amaliyotida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarida kelgusida kutilayotgan daromad va xarajatlarini joriy qiymatini aniqlashda diskont stavkani qisqa muddatli davlat obligatsiyalarining yillik daromad stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorlarda belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14 iyuldagi PQ-322-son “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida aks ettirligan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2023 yil 6 yanvardagi 44-01/09-32/58-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim sohasida DXSh loyihalaridan kutilayotgan daromad va xarajatlarni pulning vaqt bo‘yicha qiymati omilida joriy qiymatlarini aniqlash xususiy investorning real kutilayotgan daromdligini ta’minlashga hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini davomiyligi uzoq muddat talab etishini hisobga olgan holda bunday moliyaviy munosabatlarni tashkil etish orqali xususiy investorlar uchun moliyaviy risklar kamaytirilishga erishilgan. Shuningdek, 2022-yilning o‘zida maktabgacha ta’lim sohasida 300 dan ortiq DXSh loyihalari bo‘yicha bitimlar imzolangan.
xususiy sherikka ijtimoiy loyihalar doirasida talabalar turar joyi qurish uchun davlat sherigi tomonidan loyiha dastlabki bosqichida xususiy sherikning bankdagi hisobvarag‘iga loyiha umumiy qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiyalar ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 maydagi «Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 239-son qarorida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2023 yil 6 yanvardagi 44-01/09-32/58-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida talabalar turar joylarini qurilishini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish va bunda xususiy sherikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat byudejti mablag‘laridan subsidyalar ajratilishi ta’minlangan hamda 2022 yilda mamlakatimizda 10 ta shunday turdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalari uchun 100 mlrd. so‘mdan ko‘proq subsidiyalar ajratilgan.
davlat-xususiy sheriklik loyihalarida bank kreditlari orqali moliyalashtirishda xususiy investorlarni rag‘batlantirish maqsadida kredit liniyalarini Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasi miqdoridagi foiz stavkasiga tijorat bankining 2 foizdan ko‘p bo‘lmagan marjasini qo‘shish orqali xususiy sherikga taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 avgustdagi 509-son “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2023 yil 6 yanvardagi 44-01/09-32/58-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida dalat-xususiy sheriklik loyihalarida xususiy investorlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda adolatli shartlarda kredit mablag‘laridan foydalanish imkoniyati yaratilgan hamda 2021-2022 yillarda tijorat banklari tomonidan davlat-xususiy sheriklikini moliyalashtirish uchun qulay shartlarda 250,0 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari yo‘naltirilgan.
ijtimoiy sohadagi investision loyihalarni boshqarish va ekspluatatsiya qilish davri davomida xususiy sherik tomonidan loyihani moliyalashtirishni loyiha qiymatining kamida 50 foizi miqdorida va ob’ektlarni ekspluatatsiya qilish muddatini 10 yildan kam bo‘lmagan muddatda belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-maydagi «Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 241-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2023 yil 6 yanvardagi 44-01/09-32/58-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirishda xususiy investorlar ishtirokini oshirish, loyihalarni muddatini 10 yildan ortiqroq belgilash orqali xususiy investorning loyihadan oladigan daromadini va samaradorligini oshirishga erishildi. Shuningdek, belgilangan shartlarda 2022 yilda ijtimoiy sohada 6 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha bitimlar imzolanishga erishilgan.
energetika sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarida “yashil energiya” bank moliya produktlarni joriy etish hisobiga xususiy investorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali loyihalarga jalb etish taklifi orqali energetika sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish va xususiy investorlarni kengroq jalb etish maqsadida amaliyotga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2023 yil 6 yanvardagi 44-01/09-32/58-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yilda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini davomiyligi uzoq muddat davom etishini hisobga olgan holda xususiy investorlarni qo‘shimcha moliyaviy risklardan himoyalashga, loyihalarga qo‘shimcha moliyaviy resusrlarni yo‘naltirishga, hamda energetika sohasida 14ta yirik hajmdagi DXSh loyihalari bo‘yicha bitimlar imzolanishiga erishilgan.