Saxibov Oybek Kuylievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Professional ta’lim muassasalarini moliyalashtirish va rivojlantirish istiqbollari»,
08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. PhD/Iqt499.
Ilmiy rahbar: Eshnazarov To‘lqin Sheralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Husanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori; To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’limni moliyalashtirish va rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim tizimida byudjet xarajatlarini tartibga solish, byudjet mablag‘laridan tashqari moliyaviy resurslar va ularni manbalarini topish va samarali ishlatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida professional ta’lim muassasalari shtat jadvalini rahbar xodimlar funksional vazifalarini qayta taqsimlash hisobiga optimallashtirish taklifi asoslangan;
professional ta’lim tizimida dual ta’limni joriy etish orqali ishlab chiqarish ta’lim ustalari o‘quv yuklamalarini qisqartirish hisobiga kadrlar tayyorlash xarajatlarini optimallashtirish taklifi asoslangan;
“direktor jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan professional ta’lim muassasalarida alohida o‘rnak ko‘rsatgan o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalariga har oylik ustamalar belgilash tartibiga umumiy baholash ko‘rsatkichlarini guruhlash mezonlarini kiritish asosida soddalashtirish taklif etilgan;
professional ta’lim tizimida ish haqi fondiga nisbatan ijtimoiy soliqning kamaytirilgan 12 foizli stavkasini qo‘llash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Professional ta’lim tizimini moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
professional ta’lim tizimida byudjet xarajatlarini tartibga solish, byudjet mablag‘laridan tashqari moliyaviy resurslar va ularni manbalarini topish va samarali ishlatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida professional ta’lim muassasalari shtat jadvalini optimallashtirish taklifi professional ta’lim muassasalarida “direktorning moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha o‘rinbosari” lavozimini joriy etish hamda sirtqi va kechki ta’lim bo‘yicha shtat birliklarini kiritish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-iyuldagi 411-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom” hamda “O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida kechki ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom” hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining “Akademik lisey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-avgustdagi 89-05-64-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021/2022 o‘quv yilida 360 ta kollej va texnikumlarda sirtqi bo‘lim boshlig‘i va uslubchi hamda kechki (smenali) ta’lim uchun o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha uslubchi shtat birliklari joriy etilgan. Barcha professional ta’lim muassasalarida qo‘shimcha pul mablag‘lari ishlab topishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “direktorning moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha o‘rinbosari” shtati joriy etilgan hamda 2021/2022 o‘quv yilida sirtqi va kechki ta’limni shaklini tashkil etilishi kollej va texnikumlarda o‘rtacha 131,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushishiga erishilgan;
professional ta’lim tizimida dual ta’limni joriy etish hisobiga ishlab chiqarish ta’lim ustalari yuklamalarini kamaytirish va kadrlar tayyorlash xarajatlarini optimallashtirish taklifi professional ta’lim muassasalari tomonidan korxonalar bilan hamkorlikda dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv reja va o‘quv jarayoni grafigini ishlab chiqishda haftada mos ravishda 2-3 kun ta’lim muassasasida 3-4 kun korxonada o‘quv yuklamalarini bajarish, ta’lim muassasalarida bajariladigan o‘quv yuklamalarini kamayishi hisobiga ishlab chiqarish ta’limi ustalari shtatlarini har bir guruhga bittadan joriy etish optimallashtirilgan bo‘lib, “Professional ta’lim muassasalarida dual ta’limning o‘quv reja va o‘quv jarayoni grafiklarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”ni ishlab chiqishda foydalangan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-oktyabrdagi 2/12-23/10-son topshirig‘i bilan professional ta’lim muassasalariga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-iyundagi 03/18-1250-son ma’lumotnomasi). Natijada, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari tomonidan to‘langan kontraktning dual ta’lim shaklida 50-70 foizi, sirtqi ta’lim shaklida 80 foizi va kechki ta’lim shaklida 45 foizi ta’lim muassasasining maxsus hisob raqamiga tushish, buning hisobidan professional ta’lim muassasalarining moliyaviy holatini yaxshilashga erishilgan;
“direktor jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan professional ta’lim muassasalarida alohida o‘rnak ko‘rsatgan o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalariga har oylik ustamalar belgilash tartibini soddalashtirish taklif etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-iyundagi 03/18-1250-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi hisobidan professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalari mehnatiga haq to‘lash va ularga usta belgilashning yangi tartibini ishlab chiqishga erishilgan;
professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab topiladigan moliyaviy mablag‘lari samaradorligini oshirish maqsadida professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab topiladigan mablag‘larga soliq yukini kamaytirish hamda ushbu tizimni moliyaviy qo‘llab quvvatlash uchun ta’lim muassasalariga ijtimoiy soliqning kamaytirilgan 12 foizli stavkasi qo‘llanilishi taklif etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil
23-iyundagi 03/18-1250-son ma’lumotnomasi). Natijada, professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab topilgan pul mablag‘larini 13 foizi ta’lim muassasasi ixtiyorida qolish imkoniyatini beradi.