Karimov Komiljon Abdirahimovichning  
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’lim tizimi pedagog kadrlarini masofadan malakasini oshirish jarayonini modellashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped563.
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Risboy Haydarovich, pedagogika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini masofaviy malakasini oshirish jarayonini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini masofaviy malakasini oshirish jarayonini modellashtirish prinsiplari masofaviy ta’limni standartlashtirishning Architectures (o‘qitish jarayonini boshqarish tizimi arxitekturasi), Learner Information (foydalanuvchilar to‘g‘risida axborot), Learning Content (o‘quv resurslari), Management Systems (boshqaruv tizimlari), Assessment (baholash) kabi komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini masofaviy malakasini oshirishning tarmoqli modeliga asoslangan metodik modeli maqsadli, mazmunli, jarayoniy va tashxislovchi-natijaviy komponentlarni yaxlit tizim sifatida kiritish orqali takomillashtirilgan;
masofaviy malaka oshirishning validatsiya, aralash, konsorsium kabi konseptual masofaviy o‘qitish modellari orqali professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini masofaviy malaka oshirish jarayoniga tayyorlashda o‘z-o‘zini taqdim qilish qobiliyatini rivojlantirish, to‘laqonli mustaqil ishlash, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish  ko‘nikmalarini  shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
masofaviy malaka oshirish muhitida ta’lim olish imkoniyatini oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini (axborot-kommunikativ, raqamli kompetensiya) rivojlantirish metodikasi tarmoqli masofaviy o‘qitishning konseptual, texnologik, baholash-nazorat kabi funksional xususiyatlarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini masofaviy malakasini oshirishga tayyorlik darajalarini baholash vositalari hamda masofaviy ta’limning axborot-ta’lim muhiti ishtirokchilarining bilimlarini kompleks baholash mexanizmlari differensial-integral, induktiv va deduktiv metodlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini masofaviy malakasini oshirish jarayonini modellashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini masofaviy malakasini oshirish jarayonini modellashtirish, masofaviy ta’limni standartlashtirishning Architectures (o‘qitish jarayonini boshqarish tizimi arxitekturasi), Learner Information (foydalanuvchilar to‘g‘risida axborot), Learning Content (o‘quv resurslari), Management Systems (boshqaruv tizimlari), Assessment (baholash) kabi komponentlarni kiritishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan «Professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da ko‘rsatib o‘tilgan professional ta’lim muassasalarining rahbar kadrlari va pedagog kadrlarining malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishning asosiy maqsadlari, vazifalari, shakllari, uslublari va tartiblarini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 89-05-180 son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini malakasini oshirishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini masofaviy malaka oshirish jarayoniga tayyorlashda o‘z-o‘zini taqdim qilish qobiliyatini rivojlantirish, to‘laqonli mustaqil ishlash, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini  rivojlantirishga qaratilgan variativ o‘quv kurslarini tashkil etish metodikasi yuzasidan takliflar “Windows serverini boshqarish” nomli o‘quv qo‘llan mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 89-05-180 son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar rahbar va pedagog kadrlarni masofaviy malakasini oshirish tizimini rivojlantirishga xizmat qilgan;
masofaviy malaka oshirish muhitida ta’lim olish imkoniyatini oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini (axborot-kommunikativ, raqamli kompetensiya) rivojlantirish metodikasi, malaka oshirishda mustaqil ta’limni tashkil qilish metodlari va shart sharoitlari, masofaviy ta’limda tarmoqli axborot-komunikasiya muhitining asosiy texnologik komponentlari va modeli, malaka oshirish tizimida axborot-kommunikasiya muhitni mustaqil ta’limda qo‘llashning pedagogik shart-sharoitlari majmuasi yuzasidan takliflar “Windows serverini boshqarish” nomli o‘quv qo‘llan mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 89-05-180 son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy kompetentlik darajalarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish