Maxmudova Dilarom Axmadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘spirin yoshidagi odam savdosi jabrdiydalarida namoyon bo‘ladigan xavotirlanish holatining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.2.PhD/P538.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘spirin yoshidagi odam savdosi jabrdiydalarida xavotirlikni namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini ochib berish va xavotirlikni korreksiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘spirin yoshidagi odam savdosi jabrdiydalarining reintegratsiya jarayonidagi emotsional zo‘riqishlarini bartaraf etilishiga ko‘ra “o‘zini nazorat qilish”, “mustaqil qaror qabul qilish”, “o‘z hissiyotlarini boshqarish” ko‘nikmalariga korreksion-adaptiv ta’sir ko‘rsatish asosida qayta tiklanishi tufayli shaxs ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlashning integrativ yo‘llari isbotlangan;
o‘spirin yoshidagi odam savdosi jabrdiydalarida emotsional zo‘riqishlar namoyon bo‘lishi natijasida vaziyatli xavotirlanishning yuqori darajada ifodalanishi hissiy diskomfort, stress, nizolashuvchanlikning ortishiga olib kelganligi tufayli shaxsdagi “o‘zini-o‘zi qabul qila olmaslik”ning psixologik omillari dalillangan;
reabilitatsiya jarayonida moslashish ko‘nikmalarini hosil qilishning o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra shaxsning o‘zini hamda boshqalarni qabul qilishida vaziyatli va shaxsiy xavotirlanish darajasini pasaytirishga korreksion-adaptiv ta’sir etish emotsional o‘z-o‘zini nazorat qilishni qayta tiklanishiga olib kelishiga asoslanib o‘spirinlarda xissiy sohani transformatsiyalanishiga erishishning psixologik xususiyatlari isbotlangan;
o‘spirin yoshidagi odam savdosi jabrdiydalarining ijtimoiy integratsiyasida vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishning yuqori darajasini emotsional sohaning refleksiv komponentini kuchaytirish muhimligiga ko‘ra psixokorreksion faoliyatga “Mening kelajagim bor” nomli integrativ psixotexnologiyalarni kiritish samarali ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘spirin yoshidagi odam savdosi jabrdiydalarida xavotirlik holatini namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
o‘spirin yoshidagi odam savdosi jabrdiydalarining reintegratsiya jarayonidagi emotsional zo‘riqishlarini bartaraf etilishiga ko‘ra «o‘zini nazorat qilish», «mustaqil qaror qabul qilish», «o‘z hissiyotlarini boshqarish» ko‘nikmalariga korreksion-adaptiv ta’sir ko‘rsatish asosida qayta tiklanishi tufayli shaxs ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlashning integrativ yo‘llari isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-37-son buyrug‘i bilan «Tibbiyot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-37a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘’spirin yoshidagi odam savdosi jabrdiydalarida xavotirlikni oldini olishda hayot sinovlariga chidamlilik, ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlarga tezkorlik bilan moslasha olish, hayot faoliyatida o‘zini nazorat qilish omillarini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
o‘spirin yoshidagi odam savdosi jabrdiydalarida emotsional zo‘riqishlar namoyon bo‘lishi natijasida vaziyatli xavotirlanishning yuqori darajada ifodalanishi hissiy diskomfort, stress, nizolashuvchanlikning ortishiga olib kelganligi tufayli shaxsdagi «o‘zini-o‘zi qabul qila olmaslik»ning psixologik omillari dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-37-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-37a-son ma’lumotnomasi). Natijada xavotirlikni namoyon bo‘lishida depressiya, emotsional diskomfort, xaddan tashqari stress kabi faktorlarini tahlil etish imkoniyati yaratilgan;
reabilitatsiya jarayonida moslashish ko‘nikmalarini hosil qilishning o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra shaxsning o‘zini hamda boshqalarni qabul qilishida vaziyatli va shaxsiy xavotirlanish darajasini pasaytirishga korreksion-adaptiv ta’sir etish emotsional o‘z-o‘zini nazorat qilishni qayta tiklanishiga olib kelishiga asoslanib o‘spirinlarda xissiy sohani transformatsiyalanishiga erishishning psixologik xususiyatlari isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-37-son buyrug‘i bilan «Tibbiyot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-37a-son ma’lumotnomasi). Natijada reabilitatsiya jarayonida moslashish ko‘nikmalarini hosil qilish, emotsional holatlarda o‘zini nazorat qilish, atrofdagilar bilan o‘zaro munosabat faoliyati doirasida o‘zini nazorat qilish, ijtimoiylashuvda o‘zini nazorat qilish imkoniyati yaratilgan;
o‘spirin yoshidagi odam savdosi jabrdiydalarining ijtimoiy integratsiyasida vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishning yuqori darajasini emotsional sohaning refleksiv komponentini kuchaytirish muhimligiga ko‘ra psixokorreksion faoliyatga “Mening kelajagim bor” nomli integrativ psixotexnologiyalarni kiritish samarali ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-37-son buyrug‘i bilan «Tibbiyot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-37a-son ma’lumotnomasi). Natijada reabilitatsiya jarayonidagi odam savdosi jabrdiydalarida emotsional zo‘riqishlarning oldini olish bo‘yicha dastur va tavsiyalar ishlab chiqilgan.