Sayt test rejimida ishlamoqda

Toshmatov Shunkorjon Toshpulatovichning

dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Foto- va injeksiya-vol`taik effektlar asosida quvvat kuchaytirgichlarining ish rejimlarini barqarorlashtirish», 05.04.02– Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tola-optik aloqa tizimlari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2017.1.PhD/T13.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Ilmiy rahbar: Aripov Xayrulla Kabilovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

II. Tadqiqotning maqsadi: foto- va injeksiya-vol`taik effektlar asosida quvvat kuchaytirgichlarining ish rejimlarini barqarorlashtirishni asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

injeksiya-vol`taik rejimda ishlovchi mavjud kremniyli bipolyar tranzistor asosida chiziqli kuchaytirgich yaratilgan;

kuchaytirgich yuklama tavsiflari bilan tranzistorlarning ko‘rsatkich-larining o‘zaro bog‘lovchi biriktirish usuli ishlab chiqilgan;

quvvat kuchaytirgich yuklama tavsiflarini tranzistorlarning statik vol`t-amper tavsiflari asosida qurishning ekspress-usuli ishlab chiqilgan;

nochiziqli buzilishlari minimallashtirilgan bipolyar tranzistorli quvvat kuchaytirgichlarning universal hisoblash usuli ishlab chiqilgan;

birinchi marta sokinlik toki qiymatini qo‘shimcha sozlash talab etilmaydigan ish rejimlari foto- va injeksiya-vol`taik effektlar asosida barqarorlanuvchi quvvat kuchaytirgichlar yaratilgan.

IV. Ixtiroga patenti: «Quvvat kuchaytirgich», № IAR 04640–2012 y. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 21 iyun`   01-1609-son xulosasi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish