Abdinazarova Nilufar Eshnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida xulq-atvor shakllanishining psixologik mexanizmlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P283.
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Mullaboeva Nargiza Sharofalievna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida xulq-atvor shakllanishining psixologik mexanizmlarini aniqlash va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashda emotsional, irodaviy, kommunikativ hamda kognitiv sifatlarni integrativ rivojlanishi tufayli shaxslilik sifatlarining ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan;
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida shaxs yo‘nalganligining namoyon bo‘lishi nizolashuvchanlik, xavotirlanish hamda ijtimoiy muhitga moslashuvida xulq-atvorning beqarorligining konformlik, dadillik bilan integratsiyasi tufayli emotsional-irodaviy sifatlarning shakllanishiga identiv ekanligi dalillangan;
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy-psixologik moslashishidagi differensial farqlar o‘z-o‘zini baholash strukturasi (real “Men” va ideal “Men”)dagi jiddiy o‘zaro nomuvofiqlik shaxsning ichki disgarmoniyasiga olib kelganligi tufayli o‘zini-o‘zi qabul qilmaslik va tashqi nazoratning ustuvor namoyon bo‘lishi bilan identiv ekanligi isbotlangan;
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvidagi salbiy xulq-atvorga korreksion ta’sir etishda emotsional komfort, muvozanatlashgan tashqi-ichki nazoratni, boshqalarni hamda o‘zini integral qabul qilish sifatlarini rivojlantirish muhim ekanligi tufayli konstruktiv xulqni shakllantirishning psixologik mexanizmlari ustuvor ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida xulq-atvor shakllanishining psixologik mexanizmlari (o‘smirlar misolida) bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashda emotsional, irodaviy, kommunikativ hamda kognitiv sifatlarni integrativ rivojlanishi tufayli shaxslilik sifatlarining ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-maydagi PM 15-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 6-maydagi PM-15-m-son ma’lumotnomasi). Natijada mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashning emotsional, irodaviy, kommunikativ hamda kognitiv bilishga oid tarkibiy asoslar rivojlanishi natijasida, ularda shaxslilik sifatlarini orttirishiga erishilgan;
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida shaxs yo‘nalganligining namoyon bo‘lishi nizolashuvchanlik, xavotirlanish hamda ijtimoiy muhitga moslashuvida xulq-atvorning beqarorligining konformlik, dadillik bilan integratsiyasi tufayli emotsional-irodaviy sifatlarning shakllanishiga identiv ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-maydagi PM 15-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 6-maydagi PM-15-m-son ma’lumotnomasi). Natijada mehribonlik uyi tarbiyalanuvcliilarining xulq-atvori shakllanishiga: adekvatlik, qo‘zg‘aluvchanlik, konformlik, dadillik, xotirjamlik va mustaqillik singari omillar ta’siri natijasida, ularda shaxslararo munosabatlami rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy-psixologik moslashishidagi differensial farqlar o‘z-o‘zini baholash strukturasi (real “Men” va ideal “Men”) dagi jiddiy o‘zaro nomuvofiqlik shaxsning ichki disgarmoniyasiga olib kelganligi tufayli o‘zini-o‘zi qabul qilmaslik va tashqi nazoratning ustuvor namoyon bo‘lishi bilan identiv ekanligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-maydagi PM 15-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 6-maydagi PM-15-m-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda psixologik rivojlantiruvchi trening dasturi asosida munosabatlari tizimiga ijtimoiy moslashuv, individual hulq-atvor strategiyalarini tanlay olish kabi psixologik mexanizmlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvidagi salbiy xulq-atvorga korreksion ta’sir etishda emotsional komfort, muvozanatlashgan tashqi-ichki nazoratni, boshqalarni hamda o‘zini integral qabul qilish sifatlarini rivojlantirish muhim ekanligi tufayli konstruktiv xulqni shakllantirishning psixologik mexanizmlari ustuvor ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-maydagi PM 15-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 6-maydagi PM-15-m-son ma’lumotnomasi). Natijada mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining shaxsiga xos salbiy xulq-atvor ya’ni dezadaptatsiya, emotsional diskomfort, tashqi nazorat, tajovuzkor sifatlarini emperik aniqlash orqali, ularda konstruktiv xulq-atvorni takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.