Jalilov Hafiz Naimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarida oila va kasb muvozanatining pedagogik-psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P535.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Do‘smuhammedova Shoira Akbarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari professor- o‘qituvchilarida oila va kasb muvozanatining pedagogik-psixologik xususiyatlari asosida ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassalari professor-o‘qituvchilarda oila va kasb muvozanatining namoyon bo‘lishida ichki va tashqi (oilaviy ahvoli, oilaviy qo‘llab-quvvatlash, ish joyining qo‘llab-quvvatlashi, ish soatining ko‘pligi, dam olish kunining kamligi) omillarning ta’siri kuchliligi tufayli differensial farqlarning mavjudligi dalillangan;
professor-o‘qituvchilarning oila va kasb muvozanatining darajaviy ifodalanishida xodimning ota-onalik, er-xotinlik masuʼliyatini yuqori talabli kasbiy faoliyat bilan bog‘liq ish yuklamasi uchun vaqtni ratsional taqsimlashiga ta’siri tufayli «turmush qurgan» va «turmush qurmagan»lik mezonlari bo‘yicha ham ustuvor farqlarning mavjudligi dalillangan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining oila va kasb muvozanati «kasb-oila» va «oila-kasb» nizolarning destruktiv hamda konstruktiv natijasini shaxsiy xususiyatlar hamda kurash strategiyasiga bog‘liq ravishda ish samaradorligiga integratsiyasi tufayli ishdan qoniqish hissiga ta’siri etishi isbotlangan;
oliy ta’lim muassalari professor-o‘qituvchilarida oila va kasb muvozanatini muvofiqlashtirishda shaxsning o‘ziga emotsional munosabatini barqarorlashtirish, o‘z-o‘ziga beradigan bahoni adekvatlashtirish, stressga chidamlilik sifatlari, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligiga ko‘ra kompleks psixota’limni o‘zida mujassamlashtirgan manzilli psixokorreksion dasturni qo‘llashning samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarida oila va kasb muvozanatining pedagogik-psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
oliy ta’lim muassalari professor-o‘qituvchilarda oila va kasb muvozanatining namoyon bo‘lishida ichki va tashqi (oilaviy ahvoli, oilaviy qo‘llab-quvvatlash, ish joyining qo‘llab-quvvatlashi, ish soatining ko‘pligi, dam olish kunining kamligi) omillarning ta’siri kuchliligi tufayli differensial farqlarning mavjudligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-35-a-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» modulliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-35-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassalari professor-o‘qituvchilarda oila va kasb muvozanatini namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi mexanizmlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
professor-o‘qituvchilarning oila va kasb muvozanatining darajaviy ifodalanishida xodimning ota-onalik, er-xotinlik masu’liyatini yuqori talabli kasbiy faoliyat bilan bog‘liq ish yuklamasi uchun vaqtni ratsional taqsimlashiga ta’siri tufayli «turmush qurgan» va «turmush qurmagan»lik mezonlari bo‘yicha ham ustuvor farqlarning mavjudligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-35-a-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» modulliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-35-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oila va kasb muvozanatinining oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar ish samaradorligi va ishdan qoniqish hissiga ta’sir xususiyatlarini tahlil qilish mexanizmlari takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining oila va kasb muvozanati «kasb-oila» va «oila-kasb» nizolarning destruktiv hamda konstruktiv natijasini shaxsiy xususiyatlar hamda kurash strategiyasiga bog‘liq ravishda ish samaradorligiga integratsiyasi tufayli ishdan qoniqish hissiga ta’siri etishi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-35-a-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» modulliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-35-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassalari professor-o‘qituvchilarda oila va kasb muvozanatinining oila-kasb va kasb-oila tizimidagi nizolar bilan aloqadorligini diagnostik imkoniyatlari kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassalari professor-o‘qituvchilarida oila va kasb muvozanatini muvofiqlashtirishda shaxsning o‘ziga emotsional munosabatini barqarorlashtirish, o‘z-o‘ziga beradigan bahoni adekvatlashtirish, stressga chidamlilik sifatlari, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligiga ko‘ra kompleks psixota’limni o‘zida mujassamlashtirgan manzilli psixokorreksion dasturni qo‘llashning samaradorligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-35-a-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» modulliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-35-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oila va kasb muvozanatini rivojlantirishga qaratilgan psixokorreksion dastur ishlab chiqish va amaliyotdagi samaradorligini asoslash usullari taklif etilgan.