Roziqova Nazokat Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasb-hunar maktablari o‘qituvchilarining shaxsiy sifatlarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped2190.    
Ilmiy maslahatchi: Sharipova Dilara Djumaniyozovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik texnologiyalari instituti. 
II. Tadqiqotning maqsadi kasb-hunar maktablari o‘qituvchilarining shaxsiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb-hunar maktabi o‘qituvchisida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari psixologik barqarorlikni ta’minlaydigan o‘z-o‘zini anglash, baholash, tarbiyalash kabi kasbiy o‘sish komponentlarini pedagoglarning innovatsion faoliyatiga refleksiv munosabatda integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
kasb-hunar maktablari o‘qituvchilarida shaxsiy sifatlarni rivojlantirish modeli shaxsiy faoliyatni samarali loyihalashtirishga o‘rgatuvchi ochiqlik, shaffoflik, o‘zaro tahlil tamoyillarini kasbiy raqobat muhitiga barqaror dinamikada singdirish asosida takomillashtirilgan;
kasb-hunar maktablari o‘qituvchilarida shaxsiy sifatlarni rivojlantirish metodikasi pedagoglarning davriy monitoringga asoslangan kasbiy funksiyalarini interfaol o‘quv muhitiga differensial adaptatsiyada optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
kasb-hunar maktablari o‘qituvchilarida shaxsiy sifatlarning rivojlanganligini baholash mezonlari ijtimoiy-kasbiy harakatlarni modellashtirishga motivasiyalovchi ish turlarini strukturaviy-funksional jarayonda individual tahlil munosabatida qo‘llash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kasb-hunar maktablari o‘qituvchilarida shaxsiy sifatlarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
kasb-hunar maktablari o‘qituvchilarining shaxsiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish asosidagi takliflar  “Professional ta’lim muassasasi o‘qituvchisi” kasb standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 13 iyundagi 4/17-28/1-son ma’lumotnomasi). Natijada kasb-hunar maktablari o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligiga oid shaxsiy sifatlarini rivojlanish samaradorligi oshirib borilgan;
o‘qituvchining motivatsion, kreativ, kommunikativ, refleksiv, uslubiy yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali pedagogik faoliyatni tashkil etishda kasbiy faoliyatga oid shaxsiy sifatlarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga tadbiq etishda pedagogik metodlar “Men” metodi (№ 005164 guvohnoma), “4x4 vaziyat” metodi (№ 005165 guvohnoma) ishlab chiqish va “Mukammallik doirasi”, “Maqsad”, “Ochiqchasiga gapirish”, “Finish” metodlarini takomillashtirish asosida kasb-hunar maktabining ta’lim jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 13 iyundagi 4/17-28/1-son ma’lumotnomasi). Natijada kasb-hunar maktabi o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatga oid shaxsiy sifatlari optimallashtirib borilgan;
pedagogning umumiy mehnat funksiyalari tarkibini aniqlash, raqamli ta’lim sharoitida pedagogning kasbiy-pedagogik kompetentligi tarkibini aniqlash, professional ta’lim tizimi pedagogining kasbiy standarti maketini tuzishga oid ilmiy xulosalardan “Professional ta’lim muassasasi o‘qituvchisi” kasb standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 13 iyundagi 4/17-28/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogning kasbiy funksiyalarini e’tiborga olgan holda ehtiyojga asoslangan kasbiy faoliyatga oid shaxsiy sifatlarni rivojlantirish metodikasi takomillashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish