Ismoilov Feruz Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Piroliz moyi asosida beton qorishmalari uchun superplastifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo‘llash», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3589.
Ilmiy rahbar: Karimov Ma’sud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedgaliev Baxtiyor Abdukadirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Atabaev Farrux Batiyarovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: piroliz moyi asosida beton qorishmalari uchun superplastifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piroliz moyi, sulfat kislota, formaldegid va neytrallovchi birikmalar asosida yangi tarkibli organik plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar sintez qilingan hamda jarayonning optimal sharoitlari aniqlangan;
piroliz moyi asosidagi yangi superplastifikatorlar tarkibidagi funksional guruhlar va ularning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
yangi superplastifikatorlarning konsentratsiyasiga bog‘liq holda beton qorishmasining oquvchanligi va mustahkamligi aniqlangan;
sintez qilingan superplastifikatorlarning sement tizimlarining fizik-mexanik xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
piroliz moyi asosida beton qorishmalari uchun superplastifikatorlar olishning prinsipial texnologik sxemasi va texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Piroliz moyi asosida asosida sintez qilingan superplastifikatorlarni beton mahsulotlariga qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan superplastifikatorini olish texnologiyasi “Qashqadaryo neft gaz qurilish va ta’mirlash” AJda amaliyotga joriy qilingan (“Qashqadaryo neft gaz qurilish va ta’mirlash” AJning 2023 yil 5 iyundagi 142-son ma’lumotnomasi). Natijada, beton mahsulotlari uchun ishlatiladigan superplastifikatorlarni chetdan olib kelinishini kamaytirish, betoning mustahkamligini oshirish, sement sarfini 10-15% ga kamaytirish imkonini bergan;
beton mahsulotlari uchun superplastifikatorini olish texnologiyasi “Qashqadaryo neft gaz qurilish va ta’mirlash” AJda amaliyotga joriy qilingan (“Qashqadaryo neft gaz qurilish va ta’mirlash” AJning 2023 yil 5 iyundagi 142-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi yuqori sifatli superplastifikatorlarni maxalliy maxsulot sifatida qo‘llash imkonini bergan.