Bozorov Ahror Turaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rezina qorishmalari uchun modifikatsiyalangan faol to‘ldiruvchilar va vulqonlash tezlatgichlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda qo‘llanishi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3441.
Ilmiy rahbar: Sottiqulov Elyor Sotimboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Juraev Asror Baxtiyor o‘gli, texnika fanlari doktori, dotsent; Teshaboeva Elmiraa Ubaydullaeva, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rezina qorishmalari uchun modifikatsiyalangan faol to‘ldiruvchilar va vulqonlash tezlatgichlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organik polielektrolit va natriy silikat asosida rezina qorishmalari uchun yuqori dispersli kremniy oksidi olinib, uning yangi samarali usuli ishlab chiqilgan hamda ISO 3262-19, ISO 787-9, ISO 782-2, ISO 787-8, ISO 37 standartlariga mosligi aniqlangan;
bir bosqichda olingan kremniy oksidi modifikatsiyalanib, rezina qorishmalarida qo‘llanilganda olingan rezinaning fizik-mexanik hamda reologik xossalarini yaxshilashi isbotlangan;
tarkibida oltingugurt, azot, fosfor saqlagan birikmalar sintez qilingan va import vulqonlash tezlatgichlari o‘rnida rezina qorishmalarining vulqonlanish jarayonida qo‘llash mumkinligi isbotlangan;
mahalliy xomashyolar asosida yangi organik modifikatorlar bilan modifikatsiyalangan yuqori dispersli kremniy oksidi va vulqonlash tezlatgichlari olishning iqtisodiy samarador texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Organik modifikatorlar bilan modifikatsiyalangan kremniy (IV) oksidi olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
modifikatsiyalangan kremniy oksidi «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJning rezina qorishmalari olish sexida amaliyotga joriy qilingan («Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJning 2022 yil 14 dekabr`dagi 07-1799-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada import o‘rnini bosuvchi mahalliy xomashyodan foydalanish imkonini bergan;
polielektrolit yordamida va organik modifikator bilan modifikatsiyalab olingan kremniy oksidi «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJ XKning konveyer tasmalari ishlab chiqarish sexida amaliyotga joriy qilingan («Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJ XKning 2023 yil 9 fevraldagi 07-11/3-179-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan konveyer tasmalarining tannarxini pasaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish