Soliev Azizbek Kamoldinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli assortimentdagi trikotaj mahsulotlari uchun iplar ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq etish” 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2526
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Qayumov Juramirza Abdiramatovich texnika fanlari doktori, dotsent (05.06.02), Rajapov Odil Olimovich texnika fanlari nomzodi, dotsent (05.06.02)
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Halqali yigiruv mashinalari ishchi qismlarini takomillashtirish va maqbullash asosida mashina unumdorligini oshirish, xossalari ko‘rstakichlari yuqori bo‘lgan raqobatbardosh trikotaj iplari ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
halqali yigirish mashinasida buram uchburchagini kichraytirish natijasida tolali qatlamni silindrdagi qamrov yoyini muqobil burchagini ta’minlovchi hamda ipni ko‘taruvchi qurilma konstruksiyasi yaratilgan;
yopishqoqlik va ishqalanishni hisobga olib ipni sirt bilan aloqasining yopishqoq plastik modeli hamda ipni sirt yuzasida o‘zaro kontaktdagi harakatida ipning ko‘ndalang kesimi deformatsiyasini hisobga oluvchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
paxta tolasidan halqali yigirish usulida ishchi parametrlarni saqlagan holda korxonadagi mavjud pishitish uchburchagidan farqli bo‘lgan, qamrov yoyi kichraytirilgan ip olish usuli yaratilgan;   
buram uchburchagini kichraytirish maqsadida tolali qatlamni silindrdagi qamrov yoyini muqobil burchagi, eng axshi sifatga erishish uchun maqbul pishitiiganlik hamda urchuq aylanishlar sonining optimal qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Halqali yigirish mashinasiga tolali qatlam qamrov yoyini kichraytiruvchi qurilma qo‘yish bo‘yicha qilingan izlanishlar natijalari asosida:
halqali yigirish mashinasiga tolali qatlam qamrov yoyini kichraytiruvchi qurilma «Home textile NT» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT» Uyushmasining 2023 yil 12 iyuldagi 03/25-1495 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ipning Uster bo‘yicha notekisligi 19 % ga kamaygan, ipning pishiqligi 7 % ga va uzilishdagi uzayishi  40 % ga oshgan hamda mashinada ip uzilishlar soni 47 foizgacha kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish