Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli usulda yigirilgan iplardan pishitilgan ip ishlab chiqarishning nazariy va amaliy asoslari” 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T328
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.66.01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik Ilmiy Kengash
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich texnika fanlari doktori, professor (05.06.02), Axmedov Jaxongir Adxamovich texnika fanlari doktori, professor (05.06.02), Sulaymanov Rustam Shennikovich texnika fanlari doktori, professor (05.06.02),
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli usulda yigirib olingan iplardan pishitilgan iplar ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq etish orqali mavjud pishitish mashinalarining texnologik imkoniyatlaridan samarali foydalanish hisobiga eksportbop to‘qimachilik mahsulotlari assortimentini kengaytirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shburam pishitish mashinasida pishitilgan iplar ishlab chiqarishda pishiqlikni ta’minlash uchun pishitilgan ip tarkibidagi yakka iplarda qolgan qoldiq buramlar sonini aniqlangan;
qo‘shburam pishitish mashinasida ip yo‘naltirgich va urchuqning yuqori zonasidagi qismlarga ipning tegishini hisobga olgan holdagi umumiy ishqalanish momentini aniqlash formulasi ishlab chiqilgan;
turli chiziqiy zichlikdagi iplar uchun qo‘shburam pishitish mashinasi pishitish diski tezligiga bog‘liqliq holdagi ballon hosil qiluvchi taranglikni maqbul qiymatlari aniqlangan;
qo‘shburam pishitish mashinasida ipni egri chiziqli yuzada kuchlanishini analitik jamlash usulidan foydalanib, ballondagi hamda ballonning boshlang‘ich nuqtasidagi ipning taranglik qiymatlari aniqlangan;
nasadka ichki konus yuza diametri, sharcha diametri, sharcha massasini maqbul qiymatlarini aniqlab taranglikni rostlovchi va buramni bir tekis taqsimlovchi sharchali nasadkadan tashkil topgan pishitish qurilmasini yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pishitilgan ip ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq etish va takomillashtirish orqali ip sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ilmiy natijalar asosida:
qo‘shburam pishitish mashinasi ishini nazariy tadqiq etish orqali, mashinada 2 va 3 qavatlik pishitilgan iplarni bir bosqichda pishitib olish bo‘yicha tajribalar natijasida, yakka iplarni tayyorlanish usuli, buramlar sonidan kelib chiqib, taranglikni to‘g‘ri rostlash orqali, pishitilgan ipga beriladigan buramlar sonini 10 %ga kamaytirish natijasida mashina unumdorligini oshirish imkonini berdi. Tadqiqot natijalarini Namangan To‘qimachi Xolding korxonalar tarmog‘idagi «Home textile NT» MChJga tadqiq etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 15 iyundagi № 03/25-1336 sonli ma’lumotnomasi). Qo‘shburam pishitish mashinasida mahsulot hajmini oshishi natijasida sifatli mahsulot hajmi 64394 ming so‘mga oshganligi bu o‘z navbatida bozor raqobatbardosh mahsulot bilan ta’minlangan;
Bir bosqichli murakkab strukturali pishitilgan iplar olish texnologiyasi asosida yangi qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali model uchun patenti olingan («Kalava iplarni eshish uchun qurilma» № FAP 00565. 2010 y.), natijada resurstejamkor, keng assortimentdagi pishitilgan iplar ishlab chiqarish qurilmasi tayyorlanib, murakkab strukturali va shakldor iplar ishlab chiqarish imkoniyatlari tadqiq etildi. Ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi asosida olingan pishitilgan iplarni ishlab chiqarish korxonalarida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 15 iyundagi № 03/25-1336 sonli ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida yangi pishitish qurilmasini ishlab chiqarishga joriy etish orqali 78636,72 ming so‘m/mashina iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.