Sayt test rejimida ishlamoqda

Ruziev Umidjon Abdimajitovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suyuq mahsulotlar sifatini ularning qovushqoqligi bo‘yicha nazorat qilish», 05.03.01– Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar bo‘yicha) (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T519.

Ilmiy rahbar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.

Rasmiy opponentlar: Ismatullaev Patxulla Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamarasulov Farxod Umarovich, texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Buhoro muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qovushqoqlik o‘lchashning kapillyarli usulini asbobiy amalga oshirishni takomillashtirish va buning asosida yaxshilangan metrologik tavsiflarga ega viskozimetrik analizatorlar ishlab chiqish hisobiga qovushqoqlik nazoratining tezkorligi va sifatini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

muhandislik bashoratlari usuli yordamida suyuq muhitlarning qovushqoqligini o‘lchash o‘zgartkichlarini o‘tkazish qobiliyati va foydali ishining axborot-energetik koeffisientini aniqlovchi tenglamalar ishlab chiqilgan;

kapillyarli viskozimetrlar birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari sezgir elementida kechadigan o‘lchash-o‘zgartirish jarayonlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;

qovushqoqlikni oqimli kapillyarli viskozimetrlar yordamida o‘lchashda sezgirlikni oshirish usuli suyuqlikni sezgir elementga tegish yuzasini oshirish asosida takomillashtirilgan;

kapillyarli viskozimetrlarda qovushqoqlikni o‘lchash diapazonini oshirish usuli gidravlik oraliqni o‘zgartirish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Suyuq mahsulotlarning qovushqoqligini avtomatik nazorat qilish va rostlash tizimlarini tadqiq qilishda, yuqori aniqlikka ega qovushqoqlik o‘lchash vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

texnologik jarayonlarning suyuq mahsulotlari qovushqoqligini uzluksiz nazorat qilish qurilmasi «ONIKS-Tashkent» MChJda joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» AKning 2018 yil 14 aprelidagi 01-869-son ma’lumotnomasi). Natijada yakuniy mahsulot sifatini oshirish va yaroqsiz mahsulotlar chiqishini kamaytirish imkonini yaratgan;

suyuq mahsulotlar qovushqoqligini uzluksiz nazorat qilish qurilmasi ko‘rsatkichiga avtomatik tarzda tuzatma kiritish uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot «ONIKS-Tashkent» MChJda joriy qilingan («O‘zeltexsanoat» AKning 2018 yil 14 aprelidagi 01-869-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiq qilinayotgan suyuqlik zichligi va haroratining o‘zgarishi bo‘yicha o‘lchash asbobini ko‘rsatkichiga avtomatik tarzda tuzatma kiritish orqali o‘lchashning yuqori aniqligini ta’minlash imkonini bergan;

suyuq mahsulotlar qovushqoqligini uzluksiz nazorat qilish qurilmasi sezgir elementining konstruktiv parametrlarini hisoblash algoritmi «ONIKS-Tashkent» MChJda joriy qilingan («O‘zeltexsanoat» AKning 2018 yil 14 aprelidagi 01-869-son ma’lumotnomasi). Natijada viskozimetr sezgir elementining konstruktiv parametrlarini hisoblash algoritmi o‘lchashning yuqori sezgirligini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish