Joriy yilning 5 avgust kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida dissertatsiya va uning avtoreferatlarini rasmiylashtirish, dissertatsiya ilmiy yangiligini yoritish, tadqoqot ishi natijalarini joriy etish, dissertatsiya ishini himoya qilish jarayoni, jumladan dissertatsiyani ko‘rib chiqish muddatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bosh ilmiy kotibi A.Shermuxamedov, universitet doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirokida seminar o‘tkazdi.
Seminarda OAK tomonidan amalga oshrilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi, xususan OAK tomonidan tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot mavzularini OAK Byulletenida e’lon qilish, ilmiy kengash ilmiy kotiblari tomonidan taqdim etiladigan barcha hujjatlarni joylashtirish uchun elektron platformalar yaratilganligi, OAK faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida uning barcha jarayonlarini raqamlashtirishga jiddiy e’tibor qaratilganligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari ish bajarilgan tashkilotning kafedralarida dastlabki muhokamadan o‘tgan dissertatsiya ishlarini ilmiy kengashlar qoshidagi ilmiy seminarlarga taqdim etilishi, ularni ko‘rib chiqish muddatlari, ilmiy kengashlarning ishni himoyaga taqdim etish bo‘yicha e’lonni berish tartibi va muddatlari haqida batafsil ma’lumotlarni berdi. Asosiy urg‘uni ishning ilmiy yangiligini ifodalash, natijalarni joriy qilish va dissertatsiya va uning avtoreferatini rasmiylashtirishda me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal qilish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.