Ne’matova Hilola G‘afurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jizzax viloyatida yashovchi bolalarda allergik kasalliklarning tarqalishi, klinik va immunologik alomatlari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1458.
Ilmiy rahbar: Yuldashov Ilxom Ro‘zievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori., professor; Garib Viktoriya Firuzovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universtiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda allergik kasalliklar tarqalishi va turli xavf omillarini aniqlash, mintaqaviy klinik va immunologik alomatlarini hisobga olgan holda tibbiy-profilaktika tadbirlari majmuini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor har xil iqlim va geografik hududlarda yashovchi turli yoshdagi bolalar orasida allergik kasalliklar belgilari tarqalish xususiyatlarini ISAAC xalqaro epidemiologik dasturi asosida o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan, ilmiy asoslangan ikki bosqichli standartlashtirilgan tadqiqot usuli takomillashtirilgan;
turli iqlimiy va geografik hududlarda yashovchi 7-8 yosh va 13-14 yoshli bolalar orasida allergik kasalliklar belgilarining keng tarqalganligi, tibbiyot muassasalari statistik hisobotlari ko‘rsatkichlaridan yuqori ekanligi isbotlangan;
har xil iqlim va geografik zonalarda yashovchi turli yoshdagi allergik kasalliklar tashhislangan bolalarda allergik kasalliklarning klinik va immunologik alomatlarini hisobga olgan holda ularning tibbiy-profilaktika tadbirlari majmuini takomillashtirilgan;
bolalar orasida allergik kasalliklarni erta tashhislashni amalga oshirish uchun diagnostik algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 10 iyuldagi 03/65-sonli xulosasiga ko‘ra:
har xil iqlim va geografik zonalarda yashovchi turli yoshdagi bolalar orasida allergik kasalliklarni o‘rganish bo‘yicha epidemiologik tadqiqotlar algoritmiga skrining so‘rovnomasini kiritish tavsiya etilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 16.01.2023 yildagi 85-sonli buyruq hamda Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha 21.12.2022 yildagi 150/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:bolalardagi allergik kasalliklar klinik-immunologik xususiyatlarini baholash va ISAAC xarqaro epidemiologik dasturi asosida tarqalganligini o‘rganish usuli bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tizimlashtirgan holda ushbu xizmat samaradorligini oshiradi, bu esa bolalar orasida kasallanish darajasini kamaytiradi, shuningdek, bolalar hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tavsiya etilayotgan o‘rganish va baholash usulining ijtimoiy ahamiyatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalardagi allergik kasalliklar klinik-immunologik xususiyatlarini baholash uslubi ushbu kasalliklar uchrash darajasini aniqlash, ISAAC xalqaro epidemiologik dasturi asosida tarqalganligini o‘rganish, tibbiy xizmatni tizimlashtirish ushbu kasalliklar klinik-immunologik holatini baholash uslubi sarflangan mablag‘ning har bir tadqiqot uchun 1020000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Xulosa. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, allergik kasalliklar tarqalishidagi epidemiologik tadqiqotlar ko‘rsatgichlari va tibbiy muassasalarning statistik hisoboti o‘rtasidagi farq mazkur kasalliklarning gipotashxisoti bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: turli iqlimiy va geografik zonalarda yashovchi 7-12 yosh va 13-14 yoshli bolalar orasida allergik kasalliklar belgilarining keng tarqalganligi, tibbiyot muassasalari statistik hisobotlari ko‘rsatkichlaridan yuqori ekanligi isbotlangan, ushbu ma’lumotlar sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish uchun taqdim etilgan;
turli yoshdagi bolalar orasida allergik kasalliklar shakllanishining xavf omillarini haqidagi ma’lumotlarga asoslanib, pediatr, allergolog, dermatolog, otorinolaringolog, oftal`molog tomonidan xavf guruhlarini shakllantirish va xavf darajasini hisobga olgan holda monitoring qilish tizimi ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 16.01.2023 yildagi 85-sonli buyruq hamda Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha 21.12.2022 yildagi 150/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan o‘rganish va baholash usulining iqtisodiy samaradorligi bolalar orasida allergik kasalliklar uchrash darajasi, ISAAC xalqaro epidemiologik dasturi asosida tarqalganligini o‘rganish, tibbiy xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmining ishlab chiqilganligi asosida hisoblab chiqilgan. Sarflangan xarajatlar samaradorligi tahlilini o‘tkazishda qiyoslanayotgan variantlar bir biridan kam yoki ko‘p, ammo ekvivalent miqdorda samaradorlik ko‘rsatkichi bilan farqlanishi, xarajatlarni minimallashtirishdan kelib chiqib hisoblanishi zarur. Shu sababli olingan ma’lumotlarning ishonchlilik darajasiga bog‘liq holda ushbu tahlil o‘tkazish maqsadga muvofiqligini baholash muhim. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalardagi allergik kasalliklar klinik-immunologik xususiyatlarini baholash uslubi ushbu kasalliklar uchrash darajasini aniqlash, ISAAC xalqaro epidemiologik dasturi asosida tarqalganligini o‘rganish, tibbiy xizmatni tizimlashtirish ushbu kasalliklar klinik-immunologik holatini baholash uslubi sarflangan mablag‘ning har bir tadqiqot uchun 1020000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Xulosa. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, epidemiologik tadqiqotlar natijalari bolalarda allergik kasallanishning haqiqiy ko‘rsatkichlarini oshkor qilishga yordam beradi, bu esa allergik kasalliklar bilan xastalanish va o‘limning o‘sish dinamikasini kamaytirishga qaratilgan samarali davolash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
turli yoshdagi bolalar orasida allergik kasalliklar shakllanishining xavf omillarini haqidagi ma’lumotlarga asoslanib, pediatr, allergolog, dermatolog, otorinolaringolog, oftal`molog tomonidan xavf guruhlarini shakllantirish va xavf darajasini hisobga olgan holda monitoring qilish tizimi ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 16.01.2023 yildagi 85-sonli buyruq hamda Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha 21.12.2022 yildagi 150/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan o‘rganish va baholash usulining iqtisodiy samaradorligi bolalar orasida allergik kasalliklar uchrash darajasi, ISAAC xalqaro epidemiologik dasturi asosida tarqalganligini o‘rganish, tibbiy xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmining ishlab chiqilganligi asosida hisoblab chiqilgan. Sarflangan xarajatlar samaradorligi tahlilini o‘tkazishda qiyoslanayotgan variantlar bir biridan kam yoki ko‘p, ammo ekvivalent miqdorda samaradorlik ko‘rsatkichi bilan farqlanishi, xarajatlarni minimallashtirishdan kelib chiqib hisoblanishi zarur. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalardagi allergik kasalliklar klinik-immunologik xususiyatlarini baholash uslubi ushbu kasalliklar uchrash darajasini aniqlash, ISAAC xalqaro epidemiologik dasturi asosida tarqalganligini o‘rganish, tibbiy xizmatni tizimlashtirish ushbu kasalliklar klinik-immunologik holatini baholash uslubi sarflangan mablag‘ning har bir tadqiqot uchun 1020000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Xulosa. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, epidemiologik tadqiqotlar natijalari bolalarda allergik kasallanishning haqiqiy ko‘rsatkichlarini oshkor qilishga yordam beradi, bu esa allergik kasalliklar bilan xastalanish va o‘limning o‘sish dinamikasini kamaytirishga qaratilgan samarali davolash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
turli iqlim sharoitlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalar orasida immuntaqchillik va allergik kasalliklar klinik ko‘rinishlarining aniqlangan o‘zaro bog‘liqligi har bir bemor bola uchun terapevtik strategiya va taktikani shakllantirishda shifokor uchun qo‘shimcha e’tiborni aniqlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 16.01.2023 yildagi 85-sonli buyruq hamda Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha 21.12.2022 yildagi 150/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilayotgan o‘rganish va baholash usulining iqtisodiy samaradorligi bolalar orasida allergik kasalliklar uchrash darajasi, ISAAC xalqaro epidemiologik dasturi asosida tarqalganligini o‘rganish, tibbiy xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmining ishlab chiqilganligi asosida hisoblab chiqilgan. Sarflangan xarajatlar samaradorligi tahlilini o‘tkazishda qiyoslanayotgan variantlar bir biridan kam yoki ko‘p, ammo ekvivalent miqdorda samaradorlik ko‘rsatkichi bilan farqlanishi, xarajatlarni minimallashtirishdan kelib chiqib hisoblanishi zarur. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalardagi allergik kasalliklar klinik-immunologik xususiyatlarini baholash uslubi ushbu kasalliklar uchrash darajasini aniqlash, ISAAC xalqaro epidemiologik dasturi asosida tarqalganligini o‘rganish, tibbiy xizmatni tizimlashtirish ushbu kasalliklar klinik-immunologik holatini baholash uslubi sarflangan mablag‘ning har bir tadqiqot uchun 1020000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Xulosa: Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, epidemiologik tadqiqotlar natijalari bolalarda allergik kasallanishning haqiqiy ko‘rsatkichlarini oshkor qilishga yordam beradi, bu esa allergik kasalliklar bilan xastalanish va o‘limning o‘sish dinamikasini kamaytirishga qaratilgan samarali tibbiy-profilaktikatadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘llanilgan xalqaro epidemiologik dastur asosida bolalar o‘rtapsida allergik kasalliklar tarqalganligini o‘rganish, tibbiy xizmatni tizimlashtirish, mazkur kasalliklar klinik-immunologik holatini baholash uslubi sarflangan mablag‘ning har bir tadqiqot uchun 1020000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Ne’matova Hilola Gafurovnaning « Jizzax viloyatida yashovchi bolalarda allergik kasalliklarning tarqalishi, klinik va immunologik alomatlari » mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 18 iyun`dagi 03/1158-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.