Yuldashev Jamshid Kambaralievich
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pnevmomexanik yigiruv jarayonida raqobatbardosh ip olish uchun takomillashtirilgan samarali texnologiyani ishlab chiqish” 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T329
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.66.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Qayumov Jurabek Abdiramatovich texnika fanlari doktori, dotsent (05.06.02), Ibragimov Xolnazar Islamovich texnika fanlari doktori, TTU (05.02.03), Abdullaev Ulug‘bek Tulanboevich texnika fanlari doktori, dotsent (05.06.02).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pnevmomexanik yigiruv jarayonining ishchi qismlarini takomillashtirish orqali raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishning samarali texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pnevmomexanik yigirish mashinasi diskretlovchi barabanchasiga ko‘p kirimli garnitura o‘rash usulini qo‘llab diskretlash jarayonini jadallashtirish usuli ishlab chiqilgan;
diskretlovchi barabancha garniturasi tishlari bilan tolaning tutib turish shartlarini tahlil qilish asosida garnitura arra tishlarining qiyalik burchaklarini aniqlash tenglamalari olingan;
diskretlovchi barabancha harakat tezligining o‘zgarishi, tishning old uchlari yuzasiga nisbatan og‘irlik kuchi va markazdan qochma kuchning, ishqalanish koeffisientiga, arra tishlar tomonidan ushlangan tolalar massasiga bog‘liqlik tenglamalari olingan.
diskretlovchi baraban garniturasi arra tish yuzasidagi tola harakat qonuniyatining analitik ifodasi keltirilib chiqarilgan hamda tolalarning tarangligi va harakat tezligini diskretlash zonasi ortishi bilan tolaning taranglik kuchi va tezligi oshishi aniqlangan;
pnevmomexanik yigirish mashinasi chiqindi so‘ruvchi quvurining butun uzunligi bo‘ylab havo bosimini bir xilligini ta’minlovchi yangi kesik konussimon konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
bir, ikki va uch kirimli diskretlovchi barabanchaning yuksiz va ishchi holatdagi aylanishlar tezligining qonuniyatlari olingan;
pnevmomexanik yigirish mashinasi diskretlovchi barabanchasiga bir, ikki va uch kirimli garnitura o‘rash usuli qo‘llanilgan hamda ularning tezliklarini optimal parametrlari matematik regression tenglamalar yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pnevmomexanik yigirish mashinasining takomillashtirilgan diskretlovchi barabanchasini qo‘llab, sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan iplarni ishlab chiqarish bo‘yicha qilingan ilmiy natijalari asosida:
pnevmomexanik yigirish mashinasi takomillashtirilgan diskretlovchi barabanchalarining qo‘llab ip olish texnologiyasi “Namangan paxta teks” MChJ klaster korxonasida ishlab chiqarishga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi «O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT» Uyushmasining 2023 yil 31 maydagi №0,3/25-1239 sonli ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik ikki kirimli diskretlovchi barabancha aylanishlar chastotasi 6500 min-1 bo‘lganda tolali oqimni diskretlash jarayonida tolalarni shikastlanish darajasi kamayishi hisobiga ularning yuqori o‘rtacha tola uzunligini 0,51 mm ga oshishiga va bir xillik indeksining 82,5 % bo‘lishiga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish